Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo Kubogi finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o‘yindan (0:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA
O‘yin haqida

Bugun g‘alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.

Bo‘riyevning o‘yin haqida

U o‘yin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun o‘yin qiyin bo‘ldi. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman. Bu bizga katta maktab bo‘ldi, bu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo‘lamiz deb umid qilaman.

Charchoq borasida

Albatta, bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa, finalchilarda. Chunki uzoq yo‘l bosib o‘tiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qildi.

Bu jamoani tashkil qilganimizdan asosiy maqsad – Olimpiada. Biz bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan bo‘lsak ham, yaxshi natija qayd eta oldik deb o‘ylayman. Bu musobaqada futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan ko‘rib oldik. Bolalar zo‘r o‘ynadi, ular bilan faxrlanaman.

Bir o‘yinda qaysidir futbolchi yaxshiroq o‘ynadi, qaysidir-da esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yanada o‘sishimiz kerak.

Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. O‘yin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak. To‘g‘ri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi.

Temur Kapadze, O‘zbekiston U-23 bosh murabbiyi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi