Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari respublika hududlarida sog‘lomlashtirish aksiyalari o‘tkazdi. Bu haqda AOKAda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, sog‘lomlashtirish aksiyalari ikki bosqichda tashkil etilgan. Ularning har biriga Sog‘liqni saqlash vazirligining 150 nafardan ortiq yetakchi mutaxassislardan iborat guruh jalb etilgan. uch oyga yaqin vaqt mobaynida sog‘lomlashtirish aksiyalari doirasida 100 ming nafardan ziyod aholi qamrab olingan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilgan. Poytaxtdan jalb etilgan yetakchi mutaxassislar ishtirokida jami 2000 ga yaqin yuqori texnologik operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarilgan. Aksiyalar davomida mamlakatda birinchi marta buyrak transplantatsiyasi tuman darajasida amalga oshirilgan.

Aksiyalar doirasida hududlarda sog‘liqni saqlash vaziri va vazir o‘rinbosarlari boshchiligida sayyor tibbiy qabullar o‘tkazilgan. Qabul davomida vazirlik rahbariyati aholi murojaatlarini tinglab, ularning muammoli masalalarini joyida hal etish choralarini ko‘rgan. Murakkab jarrohlik amaliyotlari talab etiladigan, biroq davolanishga imkoni yo‘q bir guruh bemorlarga esa shu yerning o‘zida orderlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, muhtoj fuqarolarga ehtiyojiga ko‘ra, nogironlik aravachalari, tibbiyot va dori-darmon vositalari bepul taqdim etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi