• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda o‘gay bolalarini urib, ularni qiynoqqa solgan va tanasini qaynagan suv bilan kuydirgan ayolga sud hukmi o‘qildi

    Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida o‘gay bolalarini urib, qiynoqqa solgan va ularning tanasini qaynagan suv bilan kuydirgan 33 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudi sudyasi Farrux Ikromov xabar berdi.

    Peshko‘ tumanidagi “Xurram” MFY Kallasang qishlog‘ida tug‘ilgan ayol 2020-yilning may oyida turmushidan ajrab, bir nafar farzandini turmush o‘rtog‘i tarbiyasiga qoldirib, uyiga kelgan. Iyul oyida esa uch xotinidan ajralib, uch nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yolg‘iz yashab kelayotgan 44 yoshli R.Y. bilan turmush qurgan.

    “Qaynukam odobli, mehnatkash inson. Taqdir taqozosi bilan to‘rt marotaba uylandi. Birinchi xotinidan farzandsizlik tufayli ajrashgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi ayoli yosh vafot etdi. Ko‘rgilikni qarangki, ulardan uch nafar farzand qoldi. Har uchala kelinimiz ham iymonli, insofli ayollar edi. Voyaga yetmagan bolalarim ona mehriga zor bo‘lmasin, ularni yuvib-tarasin, deya to‘rtinchi yosh juvonga uylandi. Hamma ko‘rguliklar shundan boshlandi”,— deydi sudda so‘z olgan R.Y.ning kelinoyisi Gulnavoz Maqsudova.

    Ma’lum bo‘lishicha, R.Y.ning qarindoshlari Z.K.ni iliq qarshilashgan. Yetim bolalarga mehr ko‘rsatishini, qanday yordam kerak bo‘lsa, qo‘lidan kelguncha qo‘llab-quvvatlashi lozimligini bildirgan. Biroq Z.K. turmush o‘rtog‘i R.Y.dan homilador bo‘lgan vaqtdan boshlab, uning voyaga yetmagan uch nafar farzandi — 13-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Sh.R., 4-sinf o‘quvchisi J.R. hamda 1-sinf o‘quvchisi V.R.larga nisbatan rahmsizlarcha munosabatda bo‘lib kelgan. Oilaning to‘ng‘ich qiz farzandi Sh.R.ni muntazam ravishda urib kelgan. Tanasining turli qismlariga qaynagan suv quyib, kuydirish orqali qiynagan. Uning oyoq, qo‘l va badanlariga qaynoq suv to‘kib, paypoq kiyib yurishga majburlagan va bu haqda biror kishiga bildirsa, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

    Voyaga yetmagan qiz qo‘rqqanidan jismoniy va ruhiy ruhiy azob chekayotgani haqida hech kimga aytmagan.

    Kunlarning birida qiz o‘zidan kichik bo‘lgan ukasining kiyimlarini yerdan olib turgan vaqtda ayol uning sochidan sudrab urgan va itarib yuborgan. Qizaloqning ko‘zi shilinib, ko‘karib ketgan. Bundan tashqari, kenja ukasiga uydagi shirinliklardan olib bergani uchun qattiq do‘pposlagan. Kenja farzand oshxonadagi xamirni olib, g‘ijimlagani uchun uni ham yerda yotgan rezina shlang bilan urgan. Akasi “Ukamni urmang” deb zorlanib yig‘laganda, unga qo‘shib akasini ham urgan. Shu kuni kechqurun uch nafar voyaga yetmagan bolalarning qo‘lini eshik va derazaga bog‘lab, ertalabgacha shu holda qoldirgan.

    “Z.K. o‘zining shafqatsiz xatti-harakatlarini davom ettirib, ertasi kuni voyaga yetmagan qiz Sh.R. idish-tovoqlarni yuvib turganida uni oshxona yonidagi uyga olib kirib, og‘ziga peshob qilgan. Keyin esa tashqariga olib chiqib, chelakda turgan issiq suvni ustiga sepib yuborgan. Sud oldi tergov ishlari davomida ayblanuvchining xatti-harakatlari, qabihliklari-yu, yetim bolalarning chekkan jabrlari ochiqlanar ekan, beixtiyor o‘zimning ham yig‘lab yuborganimni yashirmayman”, — deydi sudya Farrux Ikromov.

    Gulnavoz Maqsudovaning “Daryo”ga bildirishicha, qaynukasi Rossiyaga ishlash uchun ketgan vaqtda Z.K. voyaga yetmagan jiyani Sh.R.ning shilingan va ko‘kargan ko‘zlarini ko‘rib, o‘gay ona qo‘lida yashayotgan jiyanlarining ahvoli bilan qiziqa boshlagan.

    “Bolalarni uyga olib kelar ekanmiz, har uchalasining ham badanlari shilingani, azbaroyi qaynoq suv to‘kilaverganidan momataloq bo‘lib qolganini ko‘rib, yuragimiz orqaga tortib ketdi. Inson ham shu qadar shafqatsiz bo‘ladimi? To‘ng‘ich qiz jiyanimizning oyog‘ini qaynoq suv bilan kuydirib kelgani yetmagandek jarohat ustidan paypoq bilan yashirishga majburlab kelganini nima deyish mumkin? Qizaloqning qo‘rquvdan hech kimga aytmay, og‘riqlarga chidab, kuygan va terilari shilingan holda oyog‘iga paypoq bilan maktabga ham qatnaganini so‘z bilan ifodalash qiyin”, — deydi Gulnavoz Maqsudova.

    Gulnoza Maqsudova kelinining kirdikorlarini qarindosh-urug‘lariga bildirgan. Qarindoshlari zudlik bilan yetib kelgan va bu haqda huquq-tartibot idoralariga bildirib, Z.K.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ko‘rsatma bergan.

    “Sud, tergov organi tomonidan sudlanuvchi Z.K.ning voyaga yetmagan bolalarni muttasil ravishda urib qiynaganlikda ifodalangan  harakatlari Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi ‘a’ (qiynash) bandi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilindi. Biroq Jinoyat kodeksining 55-moddasiga (jazoni yengillashtiruvchi holatlar) asosan unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ammo u bundan ortiq jazoga munosib edi. Afsuski, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi borligi bois unga qamoq jazosini qo‘llay olmadik”, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudi sudyasi Farrux Ikromov.

    Mavzuga doir: Andijonda turmush o‘rtog‘ini pichoqlagan ayolga sud hukmi o‘qildi

    16.06.2022, 07:13   Izoh (0)   30138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston 5 oyda 22,4 mln dollarlik gilos eksport qildi

    16.06.2022, 06:42

    O‘zbekistonda mavjud 120 ta shahardan 118 tasining bosh rejasi ishlab chiqildi

    16.06.2022, 06:12

    O‘zbekistonga may oyida qancha turist tashrif buyurgani ma’lum qilindi

    16.06.2022, 05:36

    O‘zbekistonda 2019—2021-yillarda sport muassasalarini qurish va ta’mirlashda 11,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingan

    16.06.2022, 04:56

    Toshkentda elektr hisoblagich noto‘g‘ri ulanganini dalolatnomaga qo‘shmaslik uchun fuqarodan 200 dollar talab qilgan soxta xodimlar ushlandi

    16.06.2022, 04:14

    Farg‘onadagi “Vodil” suv taqsimlash inshootiga sel keldi

    16.06.2022, 03:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moskvadagi reydda 300 nafar migrant ushlandi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 16:00

    “Real” 2026-yilda “Liverpul” himoyachisini sotib oladi

    Sport | 5 avgust, 15:45

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41

    Toshkentda bir kishi bir kunda o‘rtacha 230–270 litr ichimlik suvi sarflaydi — “O‘zsuvta’minot” AJ vakili

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:35

    Eronda jazirama: elektrni tejash uchun davlat idoralari yopiladi

    Dunyo | 5 avgust, 15:25

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.