O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—may oylarida 12 ta davlatga qiymati 22,4 million dollarga teng bo‘lgan 18,4 ming tonna gilos eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga kamaygan. O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 7,9 ming tonna;
- Qozog‘iston – 6 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 4,2 ming tonna;
- Belarus – 102 tonna;
- Polsha – 52 tonna;
- Koreya – 47 tonna;
- BAA – 8,2 tonna.
Avvalroq O‘zbekiston 2022-yilning to‘rt oyida qancha makaron import qilgani, yil boshidan beri Qozog‘istondan 1,1 mln tonna bug‘doy import qilingani xabar qilingandi.
Izoh (0)