Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent davlat agrar universitetining avvalgi rektori Botirjon Sulaymonov ayni paytda qamoqda va unga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda. Bu haqda 16-iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Abduqodir Toshqulov

Abduqodir Toshqulov
Foto: “Daryo”

Abduqodir Toshqulovning aytishicha, hozirda Agrar universitetiga Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev rektorlik qilmoqda.

“Agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufida. Bu universitetga hozir Qishloq xo‘jaligi vaziri rektor sifatida faoliyat ko‘rsatyapti. U yerda juda katta attestatsiya o‘tkazildi. Juda ko‘p o‘qituvchilar ishdan bo‘shatildi. Botir Sulaymonov ishiga kelsak, tergov jarayoni ketayotgani uchun men bir narsa ayta olmayman. Eng muhimi, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan. Hozir dastlabki tergov jarayoni ketyapti. Balki moliyaviy xatoliklar bo‘lgandir, balki qabul bilan bog‘liq holatlar bo‘lishi mumkin. Ba’zi oliy ta’lim muassasalarini tekshirganimizda shunaqa xatoliklar chiqyaptiki, super kontraktda o‘qishi kerak bo‘lgan bola oddiy kontrakt bilan o‘qishi holatlari kuzatilmoqda. Menda rektor bilan ham shunga o‘xshash tekshirish chiqdi, degan qarash bor. Ammo tergov tugaguncha biror narsa ayta olmaymiz. Xatoliklar bo‘lmaganda rektorga nisbatan bunaqa katta ish ochilmasdi”, – dedi vazir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi