Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr, yakshanba kuni Toshkent shahrining bir qator tumanlarida, xususan, Yunusobod tumanida bo‘lib, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan bevosita tanishdi, deya xabar bermoqda “Toshkent oqshomi” gazetasi.

Foto: Kamil Yenikeyev

Foto: Kamil Yenikeyev

Yunusobod tumanidagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv davomida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ko‘rsatmalariga binoan Toshkent metropoliteni yo‘llarini zamonaviy yo‘lsozlik va tunnelsozlik texnologiyalarini joriy etish orqali davom ettirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

“Xususan, metroning ‘Yunusobod’ yo‘nalishidagi ikkita bekatda qurilish ishlarini yakunlash, yangi yer osti va yer usti tezyurar metro yo‘nalishlari qurilishini loyihalashtirish masalalari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi”, — deyiladi gazeta axborotida. Gap aynan qaysi bekatlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘li 2001-yili ishga tushirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda oltita — “Shahriston”, “Bodomzor”, “Minor”, “Abdulla Qodiriy”, “Yunus Rajabiy” va “Mingo‘rik” bekatlaridan iborat, yo‘nalishning uzunligi 6,4 kilometrni tashkil etadi.

Toshkent metropoliteni vagonlarida yo‘lovchilar e’tiboriga havola qilingan rasmiy xaritaga ko‘ra, “Yunusobod” yo‘nalishida loyihaviy nomi “Fayzulla Xo‘jayev”, “Yunusobod”, “Turkiston” bo‘lgan stansiyalar qurilayotgan bekatlar hisoblanadi.

Bundan tashqari, “Yunusobod” yo‘nalishining Toshkentning janubiy tumanlarini qamrab oluvchi loyihalashtirilgan bo‘lagida “Bobur”, “To‘qimachi”, “Usmon Nosir”, “Janubiy” kabi bekatlarning qurilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi