• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Karl Marksni Amir Temurga almashtirish taklifi, bir yilda 3200 kishi qurbon bo‘lgan O‘zbekiston yo‘llari, Afg‘oniston bilan chegarani yopishda ayblangan Toshkent. O‘zbek matbuoti 26-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 1932-yil 26-may, payshanba

    O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi Akmal Ikromov (O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi uch rahbaridan biri; qolgan ikkisi — respublika parlamenti raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev va hukumat raisi Fayzulla Xo‘jayev) Qoraqalpog‘istonning avtonom viloyatdan avtonom sovet sotsialistik respublikaga aylangani munosabati bilan tabrik yo‘llagan. “Viloyatning muxtor sotsial sho‘rolar jumhuriyati bo‘lib tuzilishi bilan jumhuriyatingizning xo‘jalik va madaniy imkoniyatlarini yanada tezlik bilan rivojlantirish uchun sharoit tug‘diriladi”, — deyiladi tabriknomada. Ma’lum uchun, ushbu respublika 1936-yil dekabrida O‘zbekiston tarkibiga qo‘shiladi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    Oltiariqda “kolxozning topshirgan vazifalarini ortig‘i bilan bajarib, kolxoz va ishlab chiqarish shirkatlari oldida birinchi bo‘lib tanilgan” bir guruh ayollar xursand qilingan. Bu haqda “Qizil O‘zbekiston”da bosilgan “Xotin-qizlardan 50 tasi mukofotlandilar” xabarida shunday deyiladi: “15-mayda chaqirilgan slyotda Jahon Do‘smat qizi, Mo‘maxon Suyar qizi kabi 50 ta kolxozchi xotin-qizlar bosh-oyoq sarpo bilan mukofotlandilar. Bular yana quvonib, o‘z ishlarini zarbdorlik belgisi ostida davom qildirayotirlar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    Nyu-Yorkda oq gvardiyachilar tomonidan “sho‘rolarga qarshi kurashuv va Amerika kommunistlar partiyasining borgan sari ortayotgan faoliyati tomonidan yuz berayotgan qo‘rqinchga qarshi kurashuv uchun” “Pyotr Velikiy” nomli jamiyat tuzilgan. “Jamiyatning aytishicha, go‘yo uni jumhuriyatchilar partiyasining Nev-York tashkiloti quvvatlaydi emish”, — deyiladi “Nev-Yorkda oq gvardiyachilar jamiyati tuzuldi” xabarida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    Toshkentda “badriddinovchilar” ustida sud davom etmoqda. Hali ham “Badriddinov va uning shaykasi”ga qarshi guvohlar ko‘rsatma bermoqda:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-may sonidan lavha

    60 yil avval. 1962-yil 26-may, shanba

    Mali prezidenti Modibo Keyta O‘zbekiston bo‘ylab safar qilmoqda. “Toshkent dengizi” bilan tanishuv chog‘ida, to‘g‘onni, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan inshootni va suv omborining boshqa bir qancha inshootlarini tomosha qilgach, “Men o‘z yurtimiz Malida ham shunday inshootlar bo‘lishini istar edim”, — deb aytgan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    1962-yilgi gazetada “To‘la gektar uchun kurash sust”, “G‘o‘zani o‘t bosib yotibdi” kabi sarlavhalarni ko‘rsang, o‘zingni xuddi 1932-yilga tushib qolgandek his qilasan:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”da tekinxo‘rlikda ayblanayotgan bir kishi haqida qisqa xabar berilgan. Uning ayblari qatorida, masalan, go‘yoki qing‘ir yo‘llar bilan orttirgan “mablag‘lari hisobiga dang‘illama uylar solgani, hatto bu uylar uchun sovxoz territoriyasidagi archalarni kesib ishlatgani” ham sanab o‘tilgan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning bu kungi sonida Toshkentdagi 11-tramvay konduktori Bahromova nomidan “Uch tiyinlik vijdon” nomli material berilgan. Konduktor xola 3 tiyinni to‘lab, lekin chipta olmaydigan yo‘lovchilarni qoralagan. “Men sadaqa so‘raydigan devona emasman”, — deydi u.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    Dunyoda nima gap? “Iroq tinchlik tarafdorlari milliy kengashining doimiy byurosi bayonot e’lon qildi. Byuro o‘z bayonotida AQShning Sharqi-Janubiy Osiyodagi agressiyasini qoralaydi va Amerikaning Laos ichki ishlariga oshkora aralashyotganligiga norozilik bildiradi”, — deyiladi “Laosdan qo‘lingni tort!” materialida. Iroqliklar bayonotida ta’kidlanishicha, “kuchsiz mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish Amerika siyosatdonlariga xos xususiyat ekanligi ma’lum”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-may sonidan lavha

    30 yil avval. 1992-yil 26-may, seshanba

    Prezidenti Islom Karimov Germaniyaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Karl Xaynts Kunadan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Gulxan” jurnali bosh muharriri Oydin Hojiyeva va “Saodat” jurnali bosh muharriri Halima Xudoyberdiyevani “O‘zbekiston xalq shoiri”, “Mushtum” jurnali bosh muharriri Ne’mat Aminovni “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilingan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Hukumat qarori bilan pillaga davlat buyurtmasi kamaytirilgan:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Oliy Kengash deputati, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Turmuhammad Botirov “og‘ir va uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 1992-yil 22-mayda vafot etgan”:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Surxondaryoda yangi tashkil etilgan Bandixon tumaniga birinchi hokim tayinlangan:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Kanada O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Toshkentda rubl (O‘zbekistonda uni o‘sha vaqtda so‘m deb atashgan) muomalada bo‘lgan zona davlatlari markaziy va milliy banklari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. “So‘m makonidagi barcha davlatlar so‘mni barqarorlashtirishdan bab-baravar manfaatdordirlar. Rossiya yetakchi o‘rin tutadi, chunki pul o‘sha yerda bosiladi. Ammo muammoning umumiy yechimini izlash kerak. Hozir pulning qadrsizlanishini to‘xtatish — har bir davlat uchun muhim vazifadir”, — degan uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarasini yopib qo‘yibdi” qabilida tarqalgan xabarlar yuzasidan (Afg‘onistonning sobiq yetakchisi chegaradan o‘tolmagach, shunday gap-so‘zlar tarqalgan bo‘lsa kerak) O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan. “O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tashqi dunyoga chiqish uchun o‘z darvozasiga ega va bu darvozani yopmoqchi emas”, — deyiladi TIV bayonotida.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    O‘zbekistonliklarning Haj ziyorati boshlangan. “Ma’lumotlarga qaraganda, bu yil 4 mingga yaqin musulmon Haj ibodatini niyat qilgan”, — deyiladi “Xalq so‘zi” xabarida.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Samarqand viloyati hokimligi qarori bilan, Shohizinda obidalari dindorlar tasarrufiga qaytarilgan. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Movaraunnahr musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq ham qatnashgan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Andijonlik tadbirkor intizorlik bilan kutilgan nevarasi tug‘ilgani munosabati bilan u dunyoga kelgan tug‘uruqxonaga yo‘lka qurib bergan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi o‘zbek tilini o‘zbekchalashtirishga haddan tashqari berilib ketilayotgani, sobiq Ittifoq davrida o‘zbek tilini “boyitish” uchun nuqul yevropacha so‘zlar, iboralar, atamalar ishlatilgan bo‘lsa, “endi arablashtirish va forslashtirishga ruju qila boshlaganimiz” yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirgan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkentdagi ma’lumot xizmatlarining birortasi o‘zbekcha javob bermaydi”, — deb yozadi Ibrohim Jiyanov “Xalq so‘zi”da e’lon qilingan “Qonun yetib bormagan qo‘rg‘on” maqolasida:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Jamoatchilikdan shunday taklif tushyapti: “Toshkentdagi Engels ko‘chasi o‘zgartirilib, unga Amir Temur nomi berilishi haqiqat qaror topayotganligining isbotidir. Shuningdek, mazkur ko‘cha kelib tutashgan Oktabr inqilobi xiyoboni ham Markaziy xiyobon deb qayta nomlangani nur ustiga nur bo‘ldi. Shulardan kelib chiqib, quyidagi taklifni o‘rtaga tashlamoqchimiz: Markaziy xiyobondagi Karl Marks yodgorligi o‘rniga Amir Temur haykali o‘rnatilsa”. Haykallarni o‘rnatish tarixi, mana, qanday boshlanadi…

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish komiteti raisi birinchi o‘rinbosari Boriy Alixonov quvonch bilan “nihoyat Toshkentda ham chiqindilarni qayta ishlaydigan zavod qurilishi o‘rnidan siljiydigan bo‘ldi”, deb yozyapti “Tezroq qurilsaydi” sarlavhali maqolasida. Uning umid bildirishicha, O‘zbekiston kelajakda “yiliga 400 ming ishlaydigan zavodlarni qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi”. Maqolada sanab o‘tilgan shartlar bajarilsa, albatta.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi”ning qayd etishicha, B.Ortiqxo‘jayev rahbarlik qilayotgan Yunusobod tuman Ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va sug‘orish ishlari boshqarmasi tasarrufidagi hududlarda daraxtlarni besabab kesish holatlari ro‘y bermoqda. “1991-yili Sofiya ko‘chasidagi 300—350 ta daraxt kesib tashlangan, shulardan 36 tasining diametri 1 metrdan (!) ortiqdir”, — deyiladi “Sog‘lig‘imiz uchun zarur” maqolasida.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    1962-yilda konduktorlar yo‘lovchilar yo‘l haqini to‘lab, chipta olmayotganidan noliyotgandi. Oradan 30 yil o‘tib, hali ham o‘sha muammo — ba’zi yo‘lovchilar hali ham chipta olmayapti; chiptani olmasa mayli, lekin endi yo‘l haqini ham to‘lashmayapti-da.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yili O‘zbekistonda 18 267 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan va buning oqibatida 3188 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning 750 nafari bolalardir.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Qo‘rqinchli 90-yillar: “O‘tgan yilning yoz oylarida falokat tufayli oilamiz boshiga og‘ir musibat tushdi. Nomard kimsalar ikki o‘g‘limni benzin bilan yoqib yuborishdi…”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Quyidagi kabi jirkanch jinoyatlar esa, afsuski, bugungi kunda ham uchrab turadi:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Yana bir ayanchli holat — Farg‘onada miltiq o‘ynagan bolalar 10 yoshli tengdoshini otib qo‘ygan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Reklama (30 yil avvalgi SMM): “‘Uzdunrobita’ O‘zbekiston—Amerika qo‘shma korxonasi hozirgi texnik asrimizdagi aloqaning eng zamonaviy, taraqqiy etgan turi bo‘lgan sot uslubidagi radiotelefonlarni taklif etadi. Erkin muomaladagi valyuta bilan hisob-kitob qilinadi”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Atom bombasidan voz kechish uchun imzo chekkan Qozog‘iston va Ukraina, Marg‘ilonning 1962-yilgi omborchi-millioneri, 23-mayda yangragan so‘nggi qo‘ng‘iroq. O‘zbek matbuoti 25-mayda nimalar haqida yozgan?
    • “Dunyoni suv bosganidan beri kuzatilmagan larzalar”, viloyatdan respublikaga aylangan Qoraqalpog‘istonga alangali salom, “shumidi hali amerikacha hayot?!”. O‘zbek matbuoti 24-mayda nimalar haqida yozgan?
    • AQShning xatti-harakatlarini la’natlagan Toshkent jurnalistlari, Namanganni qo‘rquvda ushlab turgan “Adolat”, “paxta — nonimizdir”. O‘zbek matbuoti 23-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    26.05.2022, 07:30   Izoh (0)   67945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.