Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamolov va Aziz Murtazoyev singapurlik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda “Ami” ruhiy salomatlik bo‘yicha startap ishga tushirish uchun Meta (Facebook) grantini qo‘lga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda IT Park xabar berdi.

Foto: Forbes

Loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun onlayn maslahat seanslarini o‘z ichiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi biznes egalariga o‘z xodimlarining ruhiy salomatligini yaxshilash imkonini beradi.

Startap asoschilarining ta’kidlashicha, bunday platformani yaratish g‘oyasi pandemiyadan keyin paydo bo‘lgan, negaki Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022-yil mart oyidagi hisobotiga ko‘ra, pandemiyadan so‘ng butun dunyo bo‘ylab depressiya, tushkunlik darajasi 25 foizga oshgan.

Biz “Ami” jamoasining ishtiyoqi va iste’dodidan hayratdamiz. Ularning Osiyo aholisiga ruhiy salomatliklarini saqlash yo‘lida yana bir usul taqdim etish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqchimiz, — dedi Sunita Parasuraman, Meta kompaniyasining investitsiyalar bo‘limi rahbari.

Osiyoning ulkan startap markazlari Singapur va Jakartadan tashqari, “Ami” startapini butun Osiyo bo‘ylab kengaytirish, bu orqali kompaniyalarga ruhiy salomatlik platformasi yordamida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.

Loyiha asoschilari, jamiyatda ruhiy salomatlik ahamiyati haqidagi bilimlarni oshirishni o‘zlari uchun oliy maqsad deb bilishadi.

Moliyalashtirish bosqichida Meta’ga investorlardan Goodwater Capital, Strong Ventures, January Capital va Collaborative Fund kelib qo‘shildi.

Avvalroq o‘zbekistonlik yigit AQSHda o‘ziyurar mashinalar sohasida startap asoschilaridan biri bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi