• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    “Dasturlash sohasi faqat erkaklar uchun emas” — Hojarbu Haitmetova qanday qilib EPAM xalqaro kompaniyasida muhandis bo‘lganligi haqida

    Inson eng avvalo shaxs, keyin mutaxassis sifatida o‘sib rivojlangach, o‘z yo‘nalishida “parvoz” qila boshlaydi. Maqsad qilgan cho‘qqilarni zabt etadi. Keyin undanda yuqorirog‘iga intiladi.

    Qanotsiz parvoz qanday bo‘ladi, deysizmi? O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va tajribalar vaqt o‘tgani sayin insonning majoziy ma’nodagi qanotiga aylanadi.

    “Daryo” yoshi, erkak yoki ayolligi va yashayotgan hududidan qat’i nazar, ilm olib, yuqori maqsadi sari intilib, ko‘zlangandan ko‘proq natijaga erishganlar bilan “Qanotsiz parvoz” loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

    Ushbu loyiha doirasida Bo‘stonliq tumani Burchmulla qishlog‘ida tug‘ilib, 11 yillik ta’limni Chirchiq shahrida olgan, hozirda EPAM Sytems kompaniyasida dasturchi injener bo‘lib ishlayotgan Hojarbu Haitmetova o‘zining muvaffaqiyat yo‘li haqida gapirib berdi.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Dunyo kezish uchun jurnalist yoki gidlik kasbini egallash kerak, deb o‘ylardim

    Chirchiq shahridagi akademik litseyning xorijiy filologiya yo‘nalishida o‘qiganman. Dastlabki maqsadim til o‘rganib, jurnalistika sohasidan ketish edi.

    Bolalikdagi orzum — dunyoning har xil shaharlarini ko‘rish, turli odamlar bilan tanishib, suhbatlashish bo‘lgan. Unga erishish uchun to‘g‘ri keladigan soha — jurnalistika yoki gidlik deb o‘ylaganman.

    Litseyni tamomlagach, 2014-yilda O‘zbekistondagi xalqaro Vestminster universitetining Bussiness information systems yo‘nalishiga qabul qilindim.

    Ammo soha bo‘yicha ilk tasavvurlarni maktabdagi informatika ustozimdan olganman.

    U bizga “Mana shunday kasb bor. Uni egallasanglar, dunyo bo‘ylab istalgan mamlakatingizda faoliyat yurita olasiz. Oylik maoshingiz yuqori bo‘ladi”, deya bu sohaning turli imkoniyatlari haqida tushuntirgan. Shundan so‘ng menda dasturlashga qiziqish uyg‘ongan.

    Biroq vaqtlar o‘tib dasturlashga qiziqishim unutilgan. Atrofda IT bilan shug‘ullanadigan odamlar, u haqida gapiruvchi mutaxassislar, umuman, sohaga oid muhit bo‘lmagan.

    Ilk faoliyatim ingliz tili bilan bog‘liq bo‘lgan — litseyning so‘nggi va universitetning dastlabki yillarida, taxminan, 3 yil shu tildan dars berdim. 2018-yilda universitetni tamomladim.

    Bizning jamiyatda dasturchilikka asosan erkaklarga xos kasb sifatida qaraladi

    Ko‘pchilikning tasavvurida dasturchi doim kompyuter qarshisida o‘tiradigan odam sifatida shakllanadi. Shu sohada ishlovchilardan ko‘rgan-bilganlarimiz asosan erkaklar bo‘lgani uchun esa “Ha, demak, dasturchilik — erkaklar kasbi” degan tushuncha paydo bo‘lib qolgan.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Bu, albatta, nisbiy xulosa. So‘nggi vaqtlarda dasturlash sohasini tanlayotgan ayol-qizlar soni ortib bormoqda, lekin erkaklarga nisbatan kamroq ekani rost.

    Sohadagi gender tenglik muvozanatini saqlash uchun butun dunyo bo‘ylab tegishli ishlar olib borilmoqda.

    Shaxsan o‘zim dasturchilik sohasiga erkaklarning kasbi sifatida qaramayman, chunki bu qandaydir ma’noda insonning ichki xarakteridan kelib chiqib tanlanadigan kasb.

     

    Ya’ni siz nimanidir yaratish qobiliyatiga, o‘zingizning qandaydir qiziq g‘oyalaringizni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz. Xayollaringizdagi algoritmlarni kompyuterlarda kodga aylantirish uchun imkoniyat bo‘ladi.

    Dasturchilik asosan mental mehnat talab etishidan kelib chiqib, sohaga ko‘proq o‘g‘il bola yoki qizlar uchun deb emas, qiziqishlar asosida va qiyinchiliklarini bilib tanlanadigan kasb sifatida qaralsa, jinsining ahamiyati bo‘lmaydi.

    Sohaning eng yoqadigan tarafi — sizdan doimiy yangilik o‘rganish talab etiladi

    Dasturchilikning “ichi”ga kodlarning tashqaridan ko‘rib tushunmaganim ortidan kirib qolganman.

    Sohada eng ko‘p meni o‘ziga jalb etadigan narsa — u sizdan doim yangi narsa o‘rganishingizni talab etadi. Doimiylikdan, vazifalarning takrorlanishidan zerikmaysiz.

    Dasturchilarning olami bor va u boshqalardan ajralib turadi. Soha mutaxassislari bilan suhbatlar ham o‘zgacha, mazmunli bo‘ladi. Unda doim bir dasturchi boshqasidan, albatta, yangi ma’lumot o‘rganib, o‘sishni his qiladi.

    Xorijga ilk sayohatim — dunyo ayol-qizlarining ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan dastur bo‘yicha bo‘lgan

    Xorijga eng uzoq va birinchi sayohatim — AQSHga, Techwoman loyihasi doirasida bo‘lgan. Dastur bo‘yicha ishtirokchilar saralangach, besh hafta davomida AQSHda bo‘lganmiz.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Mazkur dastur Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi fan, texnologiya, muhandislik va matematika yo‘nalishlari (STEM) bo‘yicha yetakchi ayollarning keyingi avlodiga o‘z qobiliyatlarini yetkazish, o‘z kasbini egallash uchun zarur bo‘lgan kirish ko‘nikmalari va imkoniyatlarini beradi.

    U yerda biz Kremniy vodiysidagi kompaniyalarga biriktirilganmiz va mentorlar bilan birga ishlab, ish yuritilishi, qanday texnologiyalardan foydalanishi va boshqa ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lganmiz. Bundan tashqari, boshqa dasturchi-muhandislar bilan suhbatlarda bilmaganlarimizni o‘rganardik.

    Loyihadagi ayol-qizlar 5 hafta mobaynida orttirgan tajriba va bilimlarini o‘z vataniga qaytgach, boshqalarga ham yetkazishi ko‘zda tutiladi.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatida ishlab, dasturchilikka kirish uchun tajriba orttirganman

    IT sohasidagi birinchi ishim Wing Delivery Network kompaniyasida bo‘lgan. U BAAda faoliyat olib borardi, men esa kompaniyaning Toshkentdan turib mijozlar bilan ishlaydigan, mahsulotlarni yetkazib berish jarayonlarini to‘liq boshqarib turadigan customer support xodimi bo‘lganman.

    Kuryerlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, yuzaga kelgan muammolarga yechim topishda yordam berardim.

    Ishimni dasturlashga aloqasi yo‘q edi, biroq ular foydalanadigan tizim mening dasturlashga kirishimda katta yordam bergan.

    Wing kompaniyasida ishlash mobaynida DataSite nomli mahalliy IT kompaniya ham bir joyda joylashganligi sababli IT yo'nalishiga o‘tib ishlashim uchun  yaxshi imkoniyat bo‘lgan. Shu tariqa IT faoliyatimni DataSite kompaniyasida FronTend yo‘nalishidan boshlaganman.

    Avvaliga malaka oshirishga o‘xshash muddat berilgan. Unda turli loyihalar berishardi. Ularni o‘rgatadigan mutaxassislar ham bo‘lgan. Biz esa savollarimizga ulardan javob olib, o‘rganganlarimizni amalda bajarardik. Keyinchalik haqiqiy loyihalarga qo‘shilib ketganmiz.

    2 yarim yil davomida Data Site’ning web yo‘nalishida, avvaliga frontend qismida, html, css, Java script’da maketlarni tayyorlab berardik. Shu tariqa, asta-sekin backend qismiga o‘ta boshlaganman.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    DataSite kompaniyasida ishlashni boshlagan vaqtim universitetning to‘rtinchi bosqich davriga to‘g‘ri kelgan.

    Kurs, diplom ishlarini tayyorlash va boshqa vazifalar yig‘ilib qolgani uchun biroz qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

    Agar ikkovini teng olib borsam, barchasining sifati sezilarli darajada tushib ketardi.  Shuning uchun biroz vaqt bittasini to‘xtatib, boshqasini mukammal bajarish maqsadida ishxonadan ma’lum muddatga dam olishni so‘raganman.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Vazifalarning takrorlanishi va yangi loyihalarda o‘zimni sinab ko‘rishga ishtiyoq ish joylarimni o‘zgartirib turishimga sabab bo‘ladi. Aks holda, o‘sishdan to‘xtashim mumkin

    Ish joylarimni o‘zgartirib turishdan maqsad — yangi “chellenj”larda o‘zimni sinab ko‘rish, faoliyatimda o‘sish hamda rivojlanishdir.

    Amalda bajarayotgan loyihalarimni qiyinlashtirish, yangicha dasturlarda qatnashib ko‘rishga ehtiyoj sezishim ham ish joylarimni yangilab turishimga turtki bo‘ladi.

    Avvaliga Wing kompaniyasiga vaqtinchalik daromad topish maqsadida joylashganman. Asosiy yo‘nalishim dasturchilik va u kompaniyaning yo‘nalishi ham shu bilan bog‘liq bo‘lgani men uchun juda zo‘r imkoniyat bo‘lgandi.

    DataSite’ning o‘zida 2.5 yil ishladim. U yerda asosan veb sayt va ilovalar yaratardik. Bunda boshidan oxirigacha bo‘lgan jarayonning to‘liq guvohi bo‘lardim. Ishning qaysidir qismlarida qatnashib ko‘rardim.

    Mutaxassis vaqt o‘tib, o‘zining daraja va malakasi oshganini sezadi. Yangi “chellenj”larni qilib ko‘rgisi keladi. Menda ham shunday vaziyat bo‘lib, ish joyimni o‘zgartirishga qaror qilganman.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Shu qaror bilan yangi Project Managers kompaniyasiga bordim (Hozirda bu kompaniya UIC group deb nomlanadi). O‘sha vaqtda kompaniya yangi ochilgan, jamoa asosan yoshlardan tashkil topgan va tirishqoq mutaxassislardan iborat bo‘lgan. Loyihalarni bajarish shiddati juda ham baland edi.

    U yerda men uchun yangi bo‘lgan ishlarni bajara boshladim. Shunda o‘zimda kasbiy o‘sish bo‘lganini sezganman. Bir yil Project Managers’da asosan backend, ba’zan frontend qismlarda faoliyat yuritganman.

    Keyinchalik yana darajamni oshirishga ehtiyoj paydo bo‘lgan, komfort zonam osha boshlagan, ya’ni menda yangiliklar o‘rganish protsessi sekinlashdi. Bu esa mening kelajakdagi ish samaradorligimga jiddiy ta’sir qilishi mumkin edi.

    Keyin Uzinfocom kompaniyasiga bordim. Ularning ham asosan jamoasi qiziqtirgan.

     

    Odatda kompaniya tanlashda asosan jamoaga e’tibor qaratardim. U yerda qanday insonlar ishlashi, ularning bilim va salohiyat darajasi hamda men ulardan yangilik o‘rgana olishim o‘ta muhim sanaladi.

    Shu bilan birga, o‘zim ham jamoa va kompaniyaga bir nima bera olamanmi, degan savolni o‘z oldimga qo‘yaman.

    Uzinfocom’da kattaroq ko‘lamdagi loyihalarda qatnashish imkoniga ega bo‘lib, global miqyosdagi xorijiy kompaniyalarda ishlash jarayonlari qanday bo‘lishiga juda qiziqardim.

    Ularning ish yuritish metodologiyasi, ish jarayonlar va jamoa tarkibi, har-xil millatga mansub mutaxassislar va turlicha tajribalarga ega bo‘lganlar bilan ishlash men uchun juda qiziq bo‘lgan.

    Bunday imkoniyatni beruvchi EPAM bo‘lgan. Uzinfocom’da ishlash jarayonida EPAM kompaniyasiga ishga kirish uchun intervyuga tayyorlana boshladim.

    2021-yilning noyabr oyida bu kompaniyasiga middle darajasidagi Software Engineer lavozimiga ishga qabul qilindim.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Bilimingiz va mablag‘ingiz yetarli bo‘lsa, Kaliforniyada dasturchilar uchun barcha imkoniyatlar mavjud

    Kaliforniyada dasturchilar uchun juda yaxshi muhit yaratilgan. U yerda ko‘plab dasturchi-muhandislar, loyihalar va IT-kompaniyalar mavjud.

     

    Agar bilimingiz bo‘lsa va qimmatligini aytmaganda, Kaliforniyada o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar mavjud. Ishingiz va daromadingiz yaxshi bo‘lsa, shtatdagi yuqori narxlardan zarar ko‘rmasligingiz ham mumkin.

    Soha mutaxassislari doimiy kompyuter bilan ishlashini inobatga olsak, u yerning go‘zal tabiati, ko‘z charchaganda yashillikdan bahra olish imkoniyati bilan bir vaqtda texnologiyalarning yaxshi rivojlanganligi dasturchiga qulay va yetarli sharoitni yarata olgan.

    Dasturlash ichidagi yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlash — kelajakdagi faoliyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi

    Dasturlashning o‘zi bir qancha yo‘nalishlarga bo‘linadi. Ularning qay birini tanlash ham mushkul bosqich sanaladi. Tanlov qilish etapida ko‘pchilik uzoq vaqt qolib ketadi.

    Sababi har birining ichidagi yo‘nalishi qiziq, hammasida harakat qilib, natija berish mumkin, lekin qay birida maza qilib, erkin ishlay oladiganini to‘g‘ri tanlash kerak.

    Buning uchun atrofdagi ma’lum muddat ishlagan hamkasblarni kuzatish va nimalar qilayotganini o‘rganish mumkin.

    Bundan tashqari, tanlovda mentor topishga ham ahamiyat berish kerak, chunki dasturchilikning boshida sizning savollaringizga javob beradigan, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatoladigan ustoz kerak bo‘ladi.

     

    Ushbu bosqichdan imkon qadar qisqaroq muddatda o‘tish kerak. Buning uchun dasturchi yo‘nalishlardan birini tanlab, mustaqil o‘zini sinab ko‘rishi mumkin.

    Vazifalarni bajarayotgan vaqtda esa yo‘nalish unga mos yoki yo‘qligini o‘zi sezib, jarayonda zerikish yoki qiziqishni his qiladi.

    Ba’zilar bu bosqichdan juda tez va omadli o‘tadi. Ular birinchi sinab ko‘rishning o‘zidayoq mos ekanini bilib, ishida davom etadi.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Men ham avvaliga backend yo‘nalishida hech qachon ishlolmasam kerak, deb o‘ylagandim. U juda og‘ir va kuchli mantiq talab qilishini bilib, o‘zimga cheklov qo‘yardim. Bora-bora frontend qismda bajarayotgan ishlarimning takrorlanishidan zerika boshladim va backend yo‘nalishiga qiziqib qoldim. Hozir esa to‘liq backend’da ishlayapman.

    Agar insonda xohish va qiziqish bo‘lsa, ishini yaxshi ko‘rib bajarsa, yuqori natijalar ko‘rsata oladi.

    Dasturchilik sohasini har tomonlama o‘ylab tanlagan ma’qul

    Dasturlash sohasi so‘nggi vaqtlarda juda ommalashib ketdi. Ko‘pchilik o‘zini shu sohaga urmoqda.

     

    Ammo ularning har biri o‘ziga “Men bu sohaga haqiqatan ham qiziqamanmi, bu menga nima beradi, men qanday natijalar ko‘rsata olaman?” degan savollarni berib ko‘rishi kerak. Bundan tashqari, uning ichida qanday murakkabliklar kutayotganini ham bilib, tayyor turish kerak.

    Sababi har bir sohaning o‘ziga yarasha qiyin, oson va sinovli davrlari bo‘ladi. Yana dasturchilikda har qadamda turli darajadagi to‘siqlarga duch kelishi, muammolarga yechim yo‘qdek tuyulishi mumkin. Ularning yuqorilik darajasiga qarab, javobgarlik ham ortib boradi.

    Buni “chellenj” deb aytish mumkin. Ularga qanday yechim topish esa tajribaga bog‘liq. Vaziyat murakkablashgani sayin, ayniqsa, boshlovchi dasturchilarda sohadan ketish xayollari paydo bo‘la boshlaydi. Lekin sohaning eng qiziq daqiqalari ham aynan shu bo‘ladi, deb bilaman.

    Muammoga javob atrofdagilardan topilmaganida ichki meningiz uddalaysan desa, siz uni bajara olsangiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch yanada ortadi, yangi qirralaringizni kashf etasiz.

    Ana shunday vaqtlarda taslim bo‘lib qolmaslik uchun ham sohani tanlayotganda kelajakka kengroq nazar tashlash kerak bo‘ladi.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Dasturlash sohasi, uning hayotdagi voqeliklarga o‘xshashligini solishtirish tafakkur qilishni o‘rgatdi

    Dasturlash ichidagi barcha jarayon — hayotimizdagi voqeliklarga juda o‘xshash, hatto bir xil deyish ham mumkin. Shunchaki ko‘rinishi boshqacha bo‘ladi.

    Algoritmlar ichida ishlayotgan dasturlarning ketma-ketligi, jarayonlarning bir-biriga bog‘liqligi — kundalik hayotimizdagi har bir vaziyatlar, hodisalar, insonlarning bir-biriga qanday bog‘liqligi, shaharlar yoki binolarning qurilishi, arxitekturasiga o‘xshatish mumkin.

    Bularning barchasi dasturlash bilan deyarli bir xil. Faqat sohada ular tizimlashtirilgan holda, kod ko‘rinishida yoziladi.

    Hayotdagi va ekran ortidagi jarayonlarning o‘xshashligini solishtirish, kuzatish va boshqa savollarga javob izlash, umuman dasturlash sohasi menga tafakkur qilishni o‘rgatdi, deb ayta olaman.

    Yaqin kelajakdagi maqsadlarim — eng avvalo hozirgi darajamdan yuqorilariga erishish. Keyingisi esa o‘zimdagi barcha bilimlarni boshqa qiziquvchilar bilan bo‘lishib, soha mutaxassislari doirasini kengaytirishdir.

    Tajribalarni boshqalar bilan bo‘lishish — uni yanada mustahkamlanishiga guvoh bo‘ldim.

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Hojarbu Haitmetovaning shaxsiy arxividan

    Ayollar har bir jabhada o‘z o‘rniga ega bo‘lishi juda muhim. Har birimiz qandaydir iste’dod bilan yaratilganmiz. Eng tavallo, qaysi sohada salohiyatli bo‘la olishimizni topib olishimiz kerak. Bu inson hayotidagi eng asosiy vazifalardan sanaladi. Keyin o‘sha yo‘ldagi jiddiy harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak.

    Ayol kishi qancha o‘sib, rivojlansa, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortib boradi. Ijodkorlik darajasi oshishi bevosita atrofidagilarga ham ta’sir ko‘rsatadi.

    Ya’ni undan pozitiv shijoat chiqa boshlaydi. Ichki olami kabi atrofini ham zavqli ko‘rinishga keltirishga urinadi. Oiladagi muhit yaxshilanishi, xonadondan ish yoki o‘qishga ketayotgan kishilarning faoliyatida samarador natija ko‘rsatadi.

    Bundan tashqari, ayollarning har tomonlama o‘sishi — bizdan keyingi kelajak avlodning o‘qimishli bo‘lishini kafolatlaydi. Sababi farzandlarni tarbiyalaydigan, ular bilan ko‘proq vaqt birga bo‘ladigan inson bu — ona.

    Ona kimgadir go‘zal tarbiya berishi, o‘qib-o‘rganishga qiziqish uyg‘ota olishi uchun ularning barchasi eng avvalo o‘zida bo‘lishi kerak. Shunday ekan, ayol kishining o‘sishdan to‘xtashi — butun jamiyatga zarar keltirishi mumkin, ammo foyda emas.

    21.05.2022, 09:32   Izoh (0)   37472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IT Park rezidentlar soni va eksport hajmi keskin oshgani haqida xabar berdi

    19.05.2022, 13:10

    “Ayollar barcha uchun ‘qulay’ bo‘lishga majbur emas. Lekin kelajak uchun foydali shaxs bo‘lishi shart” — mintaqada yagona venchur fondi mutaxassisi Dono Ahmedova b...

    14.04.2022, 18:05

    Rossiyani SWIFT tizimidan uzib qo‘yishlari mumkin. Bu o‘zi nima va qanday oqibatlarga olib keladi?

    23.02.2022, 20:45

    Yaponiya birinchi vodorod poyezdini sinovdan o‘tkazishni boshladi

    21.02.2022, 19:05

    “Mening jarimalarim” paydo bo‘lganidan so‘ng O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘ldi

    17.02.2022, 22:46

    Toshkentda 51 xonali hovlining auksioni bo‘lib o‘tadi

    10.02.2022, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

    O‘zbekiston | 23 may, 13:13

    YCHL. Musobaqaga yo‘llanma olgan 24 ta jamoa nomi ma’lum

    Sport | 23 may, 13:03

    UzAutoMotors Cobalt Midnight qimmat narxda sotilayotganini rad etdi

    O‘zbekiston | 23 may, 12:43

    Isroilda G‘azodagi “qirg‘in”ni qoralagan deputat majlisdan olib ketildi (video)

    Dunyo | 23 may, 12:27

    Mashhur filmlardagi hammaning e’tiboridan chetda qolgan qo‘pol xatolar

    Kino | 23 may, 12:06

    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

    Reklama | 23 may, 12:00

    Lamin Yamal “Barselona”da eng ko‘p maosh oluvchi 3-futbolchiga aylanadi

    Sport | 23 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.