Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir qancha islohotlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu haqda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Sodiq Safoyevning ta’kidlashicha, yirik islohotlarni amalga oshirish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirish shart.

“Biz nihoyatda katta, fundamental islohotlar va o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turibmiz. Ishonamanki, buning amalga oshishi birinchi navbatda Konstitutsiyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bugun, 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilgan holda bu islohotlarni ro‘yobga chiqarish imkonsiz. Masalan, hamma aytadigan masala — investitsiyalar, iqtisodiyotimizning rivojlanishi yer islohoti bilan bog‘liq. Ammo amaldagi Konstitutsiya bunga to‘siq bo‘lib turibdi. Xususiy mulk, inson huquqlarini kafolatlash kabi masalalarning barchasi konstitutsion o‘zgarishlarni talab qiladi”, – dedi Senat rasmiysi.

Foto: Sodiq Safoyev
“Daryo“ / Dilruh Isomiddinova

Uning qo‘shimcha qilishicha, xalq uchun eng muhimi markaziy emas, mahalliy hokimiyatdir.

“Mahalliy kengashlar xalqning kunlik ishlarini hal qiladi. Qachongacha hokim ham ijroiya hokimiyatni, ham vakillik hokimiyatini rahbari bo‘lishi kerak? Bu noto‘g‘ri. Konstitutsiya ushbu masalani yechib qo‘yishi lozim. Konstitutsiya – asosiy qonun”, – dedi u.

Avvalroq Sodiq Safoyev O‘zbekiston qonunlari to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilmasligi va bu eskidan qolgan udumligini aytgandi. Shuningdek, Senat raisi o‘rinbosari hozirda kun tartibidagi eng muhim masala — davlat hokimiyatining aholi oldidagi javobgarligini ta’minlash ekaniga to‘xtalgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi