Daryo

Namangandagi “Chorsu” dehqon bozorida yong‘in yuz berdi (video)

Hozirda FVB xodimlari tomonidan yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

1 daqiqa o‘qish48 144 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” dehqon bozoridagi oshxonalarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Namangan viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahar FVBga “Chorsu” dehqon bozori hududidagi oshxonalardan birining yerto‘lasida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Ma’lum qilinishicha, yong‘in kattaligi sabab qo‘shimcha yong‘in-qutqaruv avtomashinalari jalb etilgan.

Hozirda yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

“Yong‘in sababi, zarari aniqlanadi va qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentdagi xonadonda telefon quvvatlash moslamasidan yong‘in chiqqani, Oltiariqdagi massajxonada yong‘in sodir bo‘lgani, Sergelidagi avtosalonda yuz bergani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar