Daryo

Toshkentdagi oziq-ovqat do‘konlarining birida yong‘in chiqdi (video)

Yong‘in oqibatida do‘konning 30 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan

1 daqiqa o‘qish32 856 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in chiqqani tasvirlangan video tarqaldi. FVV matbuot xizmati sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 6-aprel kuni soat 04:12 da Toshkent shahar Mirobod tumani “Abdulla Avloniy” MFY Avliyo ota ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 04:18 da yong‘inga yetib borgan va soat 04:25 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida oziq-ovqat do‘konining 30 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentda bir-biriga tutash bo‘lgan to‘rtta uyda yong‘in sodir bo‘lgani, Andijondagi mahallalarning birida joylashgan elektr “shit” yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar