So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Turkiya agentligi Buxoro Arkidagi jome masjidini tiklash va ta’mirlash ishlariga mablag‘ ajratmoqchi

    15.05.2022, 23:14 12341

    Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Buxoro Arkida joylashgan “Jomiy” masjidini tiklash va ta’mirlash ishlariga taxminan 4,5—5 milliard so‘m ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati

    Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 2022-yil boshida Madaniy meros agentligi direktori Shahriyor Nurulloyev TIKA rahbari Jemalettin Tuney bilan uchrashib, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida joylashgan Burxoniddin al-Marg‘inoniy maqbarasini restavratsiya qilish, Buxoro shahridagi Ark qal’asi jome masjidini ta’mirlash yuzasidan hamkorlik olib borish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

    Kelishuvga asosan “Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarining master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish” instituti mutaxassislari 5-aprelda Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib, jome masjidida o‘lchov ishlarini olib bordi. Ya’ni plan, fasad, qirqim, devordagi ganch bezaklari, shiftdagi naqsh ishlari, ustunlardagi yog‘och o‘ymakorlik ishlari va ularga shikast yetgan joylaridan nusxalar olingan.

    Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati

    Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati

    Mutaxassislar tomonidan aniqlanishicha, masjidning shiftini tozalash, balkalarda yoriqlarni tuzatish va ziyon yetgan to‘sinni almashtirish lozim bo‘ladi. Shuningdek, shimoliy, sharqiy va janubiy tarafda joylashgan ayvonlarning shiftidagi konstruksiyalar, sarrov, vassa va balkalarni chirk bosgan bo‘lib, ularni qo‘l mehnati bilan tozalash kerak. Restavratorlar tomonidan, shuningdek, ayvonlarni, ustunlarni tozalash, yoriqlarini to‘ldirish va shimoliy fasaddagi ikkita ustunni yangidan yasab o‘rnatish lozimligi belgilab olingan.

    “O‘tgan vaqt davomida olib borilgan turli ta’mirlash ishlari natijasida masjidning tarixiy ahamiyatga molik qismlariga zarar yetkazilgan. Xususan, masjid hamda ayvon devorlaridagi ganch o‘ymakorlik ishlari — daxana, rax, zanjira, davripoyi, ruta, kitoba sharefa, ravoqli bezaklari usti bir necha marotaba ‘vodoemulsiya’ qilingan bo‘lib, ayrim qismlari ‘melavaya pobelka’ bilan bo‘yalgan. Natijada bezaklar usti yopilib qolgan va restavratsiya davomida uning tarixiy ahamiyatini tiklash zarurati yuzaga kelgan”, — deb qayd etilgan agenlik xabarida.

    Rejalashtirilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari davomida bezaklar qaytadan tozalanib, o‘ymakorlik ishlari bajarilishi va avvalgi holatiga keltirish kerak.

    Avvalroq Madaniy meros agentligi O‘zbekistonda 2022-yilda restavratsiya qilinadigan obidalar ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qilgandi. Ushbu ro‘yxatdan jami 34 ta madaniy meros obyekti o‘rin olgan va ularni ta’mirlash-tiklash ishlari uchun jami 75 milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ishonch telefoni ishga tushirildi
    • “Chorsudagi yettita gumbazning tarixiy qiymatiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” — Madaniy meros agentligi
    • Madaniy meros agentligi Mirzachorbog‘ saroyi hali ham qarovsiz qolayotganiga munosabat bildirdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Kecha, 22:25

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?