2022-yilning yanvar—mart oylarida O‘zbekistonga 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 6,3 million dollariga teng bo‘lgan 16,3 ming tonna olma import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, olma importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,5 ming tonnaga yoki qariyb 20 baravarga oshgan.
2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p olma import qilgan davlatlar:
- Eron – 12 ming tonna;
- Ukraina – 1,4 ming tonna;
- Moldova – 1,2 ming tonna;
- Polsha – 1,1 ming tonna;
- Turkiya – 527 tonna.
Avvalroq O‘zbekiston oziq-ovqat importini keskin oshirgani, dastlabki uch oyda eng ko‘p oziq-ovqat import qilingan davlatlar ro‘yxati e’lon qilingani, 3 oyda 10 ming tonnadan oshiq qoramol go‘shti import qilingani haqida xabar berilgan.