Forbes jurnali 2021-yil 1-mayidan 2022-yil 1-mayiga qadar bo‘lgan muddatda eng ko‘p daromad topgan sportchilar reytingini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi. Argentinalik futbolchi bir yil davomida 130 million dollar daromad ko‘rgan. Ularning 55 millioni reklama shartnomalariga to‘g‘ri kelsa, yana 75 millioni maosh hisoblanadi.

Basketbolchi Lebron Jeyms 121,2 million dollar daromad bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 115 million dollar bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Avvalroq Sportico ham yilning eng daromadli sportchilari ro‘yxatini taqdim etgan, unda Jeyms birinchi o‘rnda qayd etilgandi.

Top-10 lik quyidagi ko‘rinishni oldi:

1. Lionel Messi (futbol) — 130 million dollar (maosh — 75 million, reklama — 55 million);

2. Lebron Jeyms (basketbol) — 121,2 million (41,2+80);

3. Krishtianu Ronaldu (futbol) — 115 million (60+55);

4. Neymar (futbol) — 95 million (70+25);

5. Stefan Karri (basketbol) — 92,8 million (45,8+47);

6. Kevin Dyurant (basketbol) — 92,1 million (42,1+50);

7. Rojer Federer (tennis) — 90,7 million (0,7+90);

8. Saul Alvares (boks) — 90 million (85+5);

9. Tom Bredi (amerikacha futbol) — 83,9 million (31,9+52);

10. Yannis Adetokumbo (basketbol) — 80,9 million (39,9+41).