Samsung kompaniyasi sig‘imli kameraga ega sovutgichning kattagina o‘lchamlari bilan hayratga solmoqda. Yangi videoroligimizdan bunday xarid nega butun oilangizga manzur bo‘lishini bilib olasiz.

Samsung kompaniyasi yana bir marotaba mahsulotlarining hajmi bilan mijozlarni quvontirmoqda. Yangi sovutgichlarning faqatgina dizayni minimalistik uslubda: Side by Side modellarining o‘lchamlari va sig‘imliligi hech kimni befarq qoldirmaydi. Masalan, videoroligimizdagi katta, chinakamiga katta Samsung sovutgichlari haqida orzu qiladigan qahramonimizning ko‘ngliga yo‘l topa olganiday.

Siz shunday katta sovutgich oling!

SpaceMax — bu Space X bo‘lmasada, o‘zining yangi egalari uchun haqiqiy koinotni ochishga qodir. Noyob texnologiya mahsulotlarni saqlash uchun qo‘shimcha joy bo‘shatib beradi. 617 litr sig‘imli kamerada yanada ko‘proq mahsulotlar: bir nechta bozorlikni har xil balandlikdagi javonlarga osongina joylashtirish mumkin.

Xonadon bekasi vertikal bo‘lmalarda haroratni bir darajagacha aniqlikda o‘rnatishi mumkin. Barcha bo‘lmalar All-around Cooling sovutish tizimi yordamida bir xil haroratda sovutiladi: hatto eng uzoq burchakka dumalab ketgan pomidor ham uzoq vaqt davomida o‘z ta’mi va sifatini yo‘qotmaydi.

Oila a’zolari bu qadar omadli xaridga ishonmay, tinmay sovutgich eshiklarini ochib ko‘rsalar, ajab emas. Ammo tez-tez eshigi ochilishi va yopilishi ham sovuq haroratni sovutgich ichida saqlab turishga to‘sqinlik qilmaydi: Metal Cooling po‘lat plastinasi sovutilgan havoni tashqariga chiqib ketishidan himoya qiladi. Ko‘katlar va mevalar, hatto jazirama issiqda ham harorat past-baland bo‘lishidan “aziyat chekmaydi”, demak dasturxoningizda hamisha endigina uzilgan va xushbo‘y qovun, nok va uzumlar bo‘ladi.

Butun oilangizni xursand qiling!

Uzoq dam olish kunlari yoki katta bayramlar uchun butun oila bir dasturxon atrofida yig‘ilganda, sovutgichning o‘lchamlariga munosib baho berishi shubhasiz.

Maxsus filtr tufayli mahsulotlarning hidi bir-biriga o‘tmaydi. Toza qo‘y go‘shti, palov, somsa va pahlava safardan kelgan ammangiz hamda amakingizni xursand qiladi. Buvingiz tushlikka kechiksalar ham ularning sevimli shirinliklari sovutgichning ustki javonida hozirgina keltirilganday, sabr bilan “kutib turadi”.

Akangiz uzoq yo‘l bosib kelgunlaricha olib kelgan ichimliklari iliqqina bo‘lib qolsa, Power Cool funksiyasi ularni tezda sovutib beradi: bittagina tugmani bosib, meva yoki ichimliklarga kuchli sovuq havo oqimini yo‘naltirish mumkin.

Dadangiz bunday ro‘zg‘orbop texnikani tanlaganingizdan g‘oyatda xursand bo‘ladilar. Raqamli invertor ancha uzoq xizmat qilib, energiya sarfini deyarli 50 foizgacha kamaytiradi.

Endi siz juda katta nimaligini bilasiz!

Eng katta 36 sm o‘lchamdagi pitssa deysizmi yoki vok tovasimi — tubsiz sovutgichga ortiqcha urinishsiz joylashadi. Ammo mehmonlar nafaqat xonadon bekasi mohirlik bilan tayyorlagan ko‘p sonli taomlardan hayratda qolishadi. Ushbu modelning premium dizayni har qanday zamonaviy oshxona uchun uzukka ko‘z qo‘yganday yarashib turadi.

O‘rnatilgan tutqichli va mitti shumtakalarning qo‘l izlari qolmaydigan qoplamali keng sovutgich oshxonaning o‘ziga xos bezagiga, xonadon egalarining esa faxriga aylanadi. Katta sovutgichni devorga jips qilib joylashtirish ham mumkin: suv ta’minoti haqida o‘ylashga hojat yo‘q. U esa avtomatik dispenser va muz generatori uchun kerak bo‘ladi.

Suv va muz uchun 4,5 litr hajmli rezervuar nazarda tutilgan, bu esa suv ta’minotiga ulanishni talab qilmaydi: qimmatbaho filtrlar ham, shlanglar ham, suv oqishi ham yo‘q. Sovutgich egalarida faqat bitta muammo bo‘lishi mumkin: bolalar amakilari bilan birgalashib, muz solingan salqin ichimliklar uchun katta sovutgichning oldida doim navbatda turishadi.

Sotuvchiga oilangiz qanday sovutgich xarid qilishni rejalashtirayotganini tushuntirish kerak bo‘lsa, shunchaki, katta Samsung, deyish kifoya. Ortiq qo‘shadigan narsaning o‘zi yo‘q: ulkan imkoniyatlarga ega katta sovutgich — bu zamonaviy oshxona interyeridagi yangi Samsung.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida.