Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy shahar hokimi Muhiddin Bozorov 10-may kunida boshlab egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Navoiy viloyati hokimi bu boradagi tegishli qarorni qabul qilgan. Bozorov o‘rniga Muratxan Egamqulov Navoiy shahar hokimi lavozimiga tayinlangan.

Muratxan Egamqulov

Muratxan Egamqulov
Foto: Konimex tuman hokimligi

Bunga qadar Muratxan Egamqulov Konimex tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Zarafshon shahar hokimi Anvar Rajabov, Navbahor tumani hokimi Lochin Oblaqulov ham egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Anvar Rajabov 2018-yilning mayidan beri Zarafshon shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Nazirbek Rahmonov Zarafshon shahar hokimi etib, Ruslan Ro‘ziyev esa Konimex tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Ruslan Ro‘ziyev

Ruslan Ro‘ziyev
Foto: Telegram / Hayot Shamsutdinov

Bunga qadar Ruslan Ro‘ziyev Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Azamat O‘roqov esa Navbahor tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Bunga qadar Azamat O‘roqov Navoiy viloyati mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin Toshkent shahar hokimi sobiq o‘rinbosari Sardor Abdullayev Uzbekistan Airports boshqaruv raisiga o‘rinbosar bo‘lgani, Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi