Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Borussiya D” hujumchisi Erling Holad faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

The Guardian nashrining xabar qilishicha, norvegiyalik futbolchi “shaharliklar” safida haftasiga 350 ming funt sterling maosh oladi. Shuningdek, turli bonus pullari ham nazarda tutilgan. Shartnoma besh yillik bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Holand “Manchester Siti”da haftasiga 500 ming funt maosh olishi va bu borada APL yetakchisiga aylanishi aytilgandi. Ayni vaqtda Premyer Liganing eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari — Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) va Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) haftasiga 385 ming funtga ega bo‘ladi.

Holand “Manchester Siti” bilan kelishuvga erishgani va yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani xabar qilingandi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 23 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta golga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oziq-ovqat narxlari tez o‘smoqda: O‘zbekistonda noyabrda 1,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi
Mahalliy
O‘zbekistonda internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Dunyo
Sadir Japarov O‘sh voqealari bo‘yicha sudga chaqirildi