• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Afg‘oniston tomonidan xavf solayotgan qanotli yov, Qo‘qonda Lenin o‘rniga Munavvar qori, to‘rtko‘llik bog‘cha bolalari uchun “Volga”. O‘zbek matbuoti 10-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 10-may, seshanba

    Bosh mavzu — Fransiya prezidenti Pol Dumerning rossiyalik muhojir Pavel Gorgulov tomonidan o‘ldirilishining yangi tafsilotlari va bu voqeaga jahon jamoatchiligining munosabatlari. Masalan, Germaniya matbuotining fikricha, “Gorgulovning otishidan maqsad — Sho‘ro-Fransiya munosabatlarini yomonlatish edi”. Ayni vaqtda, ingliz matbuoti “juda jiddiylashavermanglar-ey” demoqchidek: “Dumerga suiqasd qilgan Gorgulovning aqli joyida emas, bu hodisa hech qanday katta siyosiy oqibatlarni tug‘dirmayajak... Bu o‘ldirishning siyosiy oqibati bo‘lar, degan fikr ham jinoyatning o‘zi singari bo‘lmag‘ur bir narsadir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasi birinchi sahifasining salkam yarmi “Qanotli yovlarga bir g‘o‘za ham yem bo‘lmasin” nomli ruknga ajratilgan. “Butun jamoatchilik chigirtkani tinch qo‘ymaslikka safarbar qilinsin”, degan so‘zlar bilan boshlanadi shu rukndagi “Afg‘oniston tomonidan qanotli yov xavf soladi” sarlavhali xabar.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-may sonidan lavha

    Badriddinov sudi davom etmoqda, o‘zbek sovet gazetalari esa jarayonni (tabiiyki, bir yoqlama) yoritmoqda. Sud davomida prokuror Katanyanning guvoh Shohid Yusupovga berayotgan savolini ko‘ring (bu guvoh avvalroq Oliy sud raisi Sa’dulla Qosimovga qarshi “qosimovchilik ishi”da ham faollik ko‘rsatgan): “Ahmadxonov maorif mudiri bo‘lib turganida maktablarda ko‘proq kimlarning rasmlari ko‘zga tashlanar edi?”. Guvoh Yusupovning javobi: “U vaqtda Qo‘qon maktablarining bir munchalarida Lenin rasmi o‘rnida Munavvar qori va Turkiyaning burjuaziya yozuvchilarining rasmlari ko‘proq uchrar edi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-may sonidan lavha

    60 yil avval. 10-may, payshanba

    Lenincha milliy siyosat tantanasiga bag‘ishlangan Toshkent konferensiyasidagi delegatlarning chiqishlaridan yana ayrim lavhalarni e’tiboringizga havola qilmoq joiz. Masalan, o‘zbekistonlik delegat “10 yil ichida O‘zbekistonning eksport hajmi besh baravar ko‘paygani” haqida aytmoqda:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    Latviyalik delegatning bu so‘zlari g‘aroyib (va ayrim mamlakat vakillarining bugun ham og‘iz yirtib aytadigan ayrim gaplariga juda o‘xshash): “Birinchi Jahon urushidan keyin Latviya Rossiyadan ajratib olingani natijasida, mamlakatning nisbatan yuksak darajada taraqqiy etgan ekonomikasi inqirozga uchradi. Burjua Latviyasi yirik imperialistik davlatlarning agrar-xomashyo qo‘shog‘iga aylanib qoldi. Latviya Sovet Ittifoqi sostaviga kirganidan keyingina... sotsialistik ekonomikaga mustahkam negizlar solindi. Hozirgi Latviya yuksak darajada taraqqiy etgan industrial-kolxoz respublikasidir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    Tojikistonlik delegatning tushuntirishicha, Rossiya Qrimni Ukrainaga tarkibiga qo‘shishni maqsadga muvofiq deb topishi yoki Qozog‘istonning Bo‘stonliq tumanini O‘zbekistonga topshirish to‘g‘risidagi qarori “sotsialistik millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning rivojlanishi va ularning yaqinlashishi” ramzidir.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    Har bahorda shu bo‘lar takror: “19-apreldan 20-aprelga o‘tar kechasi bo‘lgan sovuq ko‘pgina oblast va rayonlarda bog‘ va tokzorlarga zarar yetkazdi, hosilning bir qismi nobud bo‘ldi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    To‘rtko‘l tumanidagi Kaltaminor qishlog‘idagi bolalar bog‘chalarga ikkita “Volga” avtomobili berilgan: “Uzoq uchastkalardagi bolalar ana shu mashinalarda bog‘chaga olib kelinadi va kechqurun uylariga olib borib qo‘yiladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Andijon oblastining markazi yildan-yilga o‘zgarib, go‘zallashib bormoqda... Siz Andijon shahrining soya-salqin va obod ko‘chalaridan biri — Alisher Navoiy prospektini ko‘rib turibsiz”:

    Ko‘rib turganingiz bu xotin-qizlar — Toshkent viloyati Kalinin rayonidagi Sobir Rahimov nomli kolxozning ilg‘or sut sog‘uvchilari. “Ular har bir sigirdan topshiriqdagi 4,5 ming litr o‘rniga 5 ming litrdan sut sog‘ib olish uchun bir-birlari bilan musobaqalashganlar” (sutning egasi hisoblangan sigirlar bu rejadan qanchalik boxabar — bu haqda ma’lum qilinmagan).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    Xorij xabarlari sahifasidan: Afg‘onistonda SSSR yordami bilan elektr stansiya qurilib, foydalanishga topshirilgan. “Afg‘oniston bosh ministri Sardo Muhammad Dovud GES qurilishida qatnashgan sovet mutaxassislariga tashakkur izhor qildi” (oradan 11 yil o‘tib, bu bosh vazir Zohirshohni ag‘daradi va respublikaga aylantirilgan yangi Afg‘oniston rahbari bo‘ladi).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-may sonidan lavha

    30 yil avval. 10-may, yakshanba

    1992-yil 10-may kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston parlamentining tojikistonliklarga murojaati, Fransiya prezidentining o‘ldirilishi, “hayotni yaxshilash”ga xalal bergani uchun to‘xtatilgan “Ozod Buxoro”. O‘zbek matbuoti 9-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Prezident Karimovning 9-may tabrigi, andijonlik millioner bilan hamtovoqlikda ayblangan prokuror, “jurnalistika dangasa va tekinxo‘rlarga qarshi o‘t ochishi kerak!”. O‘zbek matbuoti 8-mayda nimalar haqida yozgan?
    • 10 ming so‘mlik chaqaloqlar, fuqarolar urushi ostonasidagi Tojikiston, Hajga otlanganlar bilishi lozim bo‘lgan taqiqlar. O‘zbek matbuoti 7-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    10.05.2022, 07:30   Izoh (0)   66768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14

    “PSJ” “Bavariya”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final jufliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 10:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.