Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Las-Vegas shahrida 8-may tongida professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kechaning markaziy jangida yarim og‘ir vazn toifasida WBO kamari sohibi Dmitriy Bivol (20-0, 11 KO) super o‘rta vazn toifasi mutlaq chempioni Saul Alvaresga (57-2-2, 39 KO) qarshi ringga ko'tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan bahs to‘liq davom etdi va yakunda Bivol ochkolari hisobiga ko‘ra (115-113, 115-113, 115-113) g‘alaba qozondi. Rossiyalik bokschi o‘ziga tegishli bo‘lib turgan kamarni munosib himoya qildi.

Kanelo esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi. U 2013-yil sentabrida Floyd Meyvezerga ochkolar hisobida yutqazgandi.

Janglar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi