Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yo‘lovchilarga transport xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini yanada oshirish maqsadida 7—8-may sanasidan boshlab Toshkent—Shahrisabz—Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qatnovlar haftaning shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Toshkent—Shahrisabz yo‘nalishida qatnaydigan 758-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi shanba va yakshanba kunlari soat 08:00 da Toshkent markaziy vokzalidan;
  • Shahrisabz—Toshkent yo‘nalishida qatnaydigan 757-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa Shahrisabz temiryo‘l vokzalidan soat 15:40 da harakatini boshlaydi.
Shu sababli 7—8-may sanasidan boshlab bugungi kunda Toshkent—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 760/759-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining har shanba, yakshanba kunlari qatnovi to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kungi videoselektor yig‘ilishida sifatli transport-logistika xizmatlari yo‘lga qo‘yilmasa, turizmni rivojlantirib bo‘lmasligini ta’kidlagandi. O‘shanda “O‘zbekiston temir yo‘llari” bir oy muddatda “Afrosiyob” tez yurar poyezdini Shahrisabzgacha harakatini qayta tiklashi belgilangandi. Mutasaddilarga 1-sentabrga qadar har kuni 2 mingdan ziyod sayyohlarga tarixiy maskanlarni aylanib chiqish imkonini beradigan 2 qavatli muntazam turistik avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga topshiriq berilgan edi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)