Daryo

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” transformatsiya qilinadi

Jahon bankini jalb etgan holda 1-iyunga qadar transformatsiya qilish, rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi

1 daqiqa o‘qish50 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni Jahon bankini jalb etgan holda 2022-yil 1-iyunga qadar transformatsiya qilish, rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda prezidentning “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi ishchi guruh 2022-yil 1-avgustga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni transformatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlaydi:
  • o‘zining yo‘lovchi va yuk vagonlariga ega xususiy operatorlar faoliyatini rivojlantirish hamda temir yo‘l transporti xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan shaffof va moslashuvchan tarif tizimini yaratish yo‘li bilan tarif siyosatini takomillashtirish;
  • temir yo‘l transporti korxonalarida operatsion va biznes jarayonlar samaradorligini oshirish, shu jumladan, xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarni raqamli transformatsiya qilish yo‘li bilan integratsiyalash;
  • temir yo‘l orqali ichki va xalqaro yuk hamda yo‘lovchi tashuvlarini davlat-xususiy sheriklik yoki franshiza asosida xususiy sektorga berish.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning avgustida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi temiryo‘l monopoliyasi haqida gapirgandi. Davlat rahbarining o‘shanda “Polvontosh” (Surxondaryo), “Afrosiyob parranda” (Samarqand) korxonalari rahbarlari ichki va tashqi temiryo‘l tariflari o‘rtasida katta farq borligi, ya’ni xalqaro tashuvlar narxi ancha yuqoriligini bildirgandi. Shu bois Transport vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliya qo‘mitasi bilan birga, ikki oy muddatda temiryo‘l tariflarini qayta ko‘rib chiqish topshirilgan.

2022-yilning martida “O‘zbekiston temir yo‘llari”  2022—2023-yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish bo‘yicha qabul qilingan dasturni 10 foizga bajarmagani sabab korxona raisi vazifasini bajaruvchi Xusnutdin Xasilovga hayfsan berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar