Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlariga 50 ta Toyota Hilux va Fortuner rusumli avtomashina topshirdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi xabar berdi.

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Chegara qo‘shinlari nomidan avtomashinalarni qo‘mondon o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Mansurov qabul qilib olgan. Ushbu transport vositalari AQSH davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida sovg‘a qilingan. Qiymati 2,25 million dollarga teng avtomashinalar AQSHning xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi hisoblanadi.

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

“2001-yilda AQSH va O‘zbekiston ilk bor mudofaa sohasi va qurollar tarqalishining oldini olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagandan buyon mamlakatlarimiz yadroviy, biologik, kimyoviy va radiologik materiallar tarqalishiga qarshi kurashish, shuningdek, chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha to‘la huquqli sherik bo‘lib kelmoqda. Bugun biz hamkorligimizning navbatdagi bosqichini nishonlashdan mamnunmiz va umid qilamizki, topshirilayotgan avtomashinalar O‘zbekiston davlat chegarasi va ‘yashil chegara’ni qo‘riqlashda chegara qo‘shinlarining imkoniyatlarini oshiradi hamda chegaradagi voqea-hodisalarga tezkor javob qaytarish imkonini beradi”, — deydi elchi Rozenblyum o‘z nutqida.

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Ma’lumot uchun, 1994-yili tashkil etilgan Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi AQSH hukumatiga zudlik bilan qaror qabul qilishni talab etuvchi qurol tarqalishining oldini olish va qurolsizlanish sohasidagi kutilmagan va murakkab vaziyatlarda operativ javob qaytarishga imkon yaratadi. Ushbu jamg‘arma ishni ishonchli, xavfsiz va tejamkorlik bilan amalga oshirishda strategiya ishlab chiqish, muzokaralar olib borish, dasturlarni boshqarish, moliyaviy operatsiyalar va shartnomalarni bajarish bo‘yicha katta tajribaga ega.

Bundan oldin USAID O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 2,5 million dollar ajratgan. Shuningdek, maktablariga qiymati 10 million dollarlik 385 mingta kitob taqdim etgan va Sog‘liqni saqlash vazirligiga sil kasalligini aniqlash uchun 30 ta GeneXpert uskunasini sovg‘a qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi