Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Minsk—Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan Airbus A-320 samolyoti 11-aprel kuni “minalangani” haqidagi xabardan so‘ng Rossiyaning “Domodedovo” aeroportiga favqulodda qo‘ngani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uzbekistan Airways’ning ma’lum qilishicha, mazkur reys 12-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.

“Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Minsk—Toshkent HY-710 reysi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan A320 havo kemasi Toshkent vaqti bilan soat 01:26 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi”, — deyiladi xabarda.

“TASS”ning yozishicha, mazkur samolyotda portlash yuz berishi xavfi haqida anonim xabar kelib tushgan. Shu munosabat bilan samolyot “Domodedovo” aeroportiga qo‘ndirilgandi. Uzbekistan Airways’ning xabariga ko‘ra, samolyotning minalashtirilgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi