Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainani tark etgan qochqinlar soni 4,5 million kishidan oshdi. Bu haqda BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi saytida aytilgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Boshqarma ma’lum qilishicha, 24-fevraldan buyon 4 million 503 ming 954 nafar qochqin Ukrainaning qo‘shni davlatlar bilan chegarasini kesib o‘tgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Xususan, 2 million 593 ming 902 nafar qochoq Polsha, 686 ming 232 nafari Ruminiya, 419 ming 101 nafari Vengriya, 410 ming 882 nafari Moldova, 404 ming 418 nafari Rossiya, 314 ming 485 nafari Slovakiya va 19 ming 96 nafari Belarus chegaralarini kesib o‘tgan.

Bu raqamlarga qo‘shimcha ravishda BMT 18—23-fevral kunlari Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlaridan 113 ming kishi Rossiyaga qochganini ham xabar qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Tashkilotda ta’kidlanishicha, yevrohududga kelgan qochqinlarning Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga, masalan, Italiya, Germaniya, Fransiya va Chexiyaga ko‘chib o‘tishda davom ettirmoqda. Ba’zilar AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliyaga ketmoqda.

Avvalroq BMT jarayon ko‘lami va tezligidan kelib chiqib, sodir bo‘layotgan voqealarni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik migratsiya inqirozi deb atagan edi. Shu bilan birga, xorijdagi ukrainalik qochqinlarning deyarli yarmi bolalardir.

Bundan tashqari, kamida 13 million kishi Ukrainani tark eta olmayotgani ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yangiyo‘lda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi  — FVV
Mahalliy
Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida