• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Taksichilik — mashaqqatli ish. Ayniqsa, ayollar uchun”. 10 yil taksichilik qilib, hozirda mashina boshqarishni o‘rgatayotgan namanganlik ayol

    22-mart — Xalqaro taksichilar kuni. Bu kasbda ko‘pincha erkaklar tasavvur qilinadi, ammo ular safida ayollar ham oz emas. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Namangandagi ilk ayol taksichilardan biri, hozirda o‘quv-sport texnika maktabida avtomobil haydashni o‘rgatayotgan Feruza Shomirboyeva bilan kasbi mashaqqatlari haqida suhbatlashdi.

    “Qarzimni uzish uchun kirakashlik qilishga majbur bo‘lganman”

    “Yoshligimdan avtomobil haydashga ishtiyoqim baland bo‘lgan. Mashina mingan ayollarga havas qilardim. Shu sababli 2009-yili Matiz sotib oldim. O‘zi asli tadbirkor edim, bozorda savdo qilardim. May oyida mashina xarid qilgan bo‘lsam, ikki oy o‘tgach, men ishlab turgan bozor buzilib ketdi, ishsiz qoldim. Avtomobildan ozgina qarzim ham bor edi. Majburlikdan mashinamda kira qila boshladim.

    Namangan shahar o‘quv-sport texnika maktabi o‘rgatuvchi ustasi Feruza Shomirboyeva

    Namangan shahar o‘quv-sport texnika maktabi o‘rgatuvchi ustasi Feruza Shomirboyeva
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Boshida juda qiynaldim. Ustoz ko‘rmaganman, hali haydovchilik guvohnomam ham yo‘q, mashina minishni tuzukroq bilmayman. Ustiga-ustak, Namangandagi ilk ayol taksichilardan bo‘lganim uchunmi, hamma taajjub bilan qaraydi, savol beraveradi.

    Shaharda harakat tez, tirbandliklar ko‘p. Ayniqsa, uchinchi yo‘lakdan ketayotgan paytim mijozlar chetda to‘xtatvoring deyishsa, birinchi yo‘lakka o‘tish azob edi. Peshonamdan ter oqardi. Ishonasizmi, o‘sha paytlari mashinani ortga qaytarishni ham tuzukroq bilmasdim. Tajribaliroq haydovchi yoki mijozlarning o‘zidan iltimos qilardim, ortga qaytarib berishardi”.

    “Yo‘l haqini ichki ishlar xodimlari aralashib olib bergan”

    “Taksichilik faoliyatimda qiziq voqealar ko‘p bo‘lgan. Bir kuni singlim bilan ketayotgan paytimiz chorrahada mashina to‘satdan o‘chib qoldi. Ortimizda besh-oltita mashina tizilib turibdi. Hammasi tinmay signal chaladi. Oxiri, singlim mashina oynasidan boshini chiqarib, ‘o‘tib ketaveringlar, o‘chib qoldik’ degandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Yana bir kuni shaharning tor ko‘chasida mijozni qoldirdim. Qani endi, u yerdan burilib, chiqib keta olsam! Unga aytaman bo‘lmaydi, bunga aytaman tushunmaydi, o‘zim mashinani urvolishdan qo‘rqaman. Baxtimga bir professional haydovchi kelib qolib, jonimga ora kirgandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shunday voqealardan keyin avtomaktabga kirib o‘qish va nazariy bilimlarni ham olishga qaror qildim. Bu payt mashina minishga ancha qo‘lim kelib qolgan, ko‘pchilik saboqdoshlarga o‘zim o‘rgatganman ham.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Faoliyatimda menga nisbatan tahdidlar bo‘lmagan, lekin yo‘l haqini bermaslikka uringanlar uchragan. Bir yo‘lovchi chiqib, u yoqqa olib boring dedi, bu yoqqa olib boring dedi. O‘zi shirakayf, pul bergisi yo‘q. Baxtimga, yo‘l chetida ichki ishlar xodimlari turgan ekan, to‘g‘ri ularning oldiga borib to‘xtab, holatni tushuntirganman va pulimni olib berishgan”.

    “Avtomobil minishni o‘rganayotgan yigitlardan ko‘ra qizlardan ko‘nglim to‘q”

    “Ko‘pchilik taksichilikni oson kasb deb o‘ylaydi, asli bu juda mashaqqatli ish. Ayniqsa, shahar yo‘llarida va ayollar uchun. Turli fe’l-atvordagi odamlar chiqadi, yo‘llarning holati yaxshi emas, qoidalarga rioya etish masalasi chatoq. Kechga borib sillangiz quriydi, charchaysiz. Ayol kishisiz, ovqatga urinish, bola-chaqaga qarash kerak.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shu sababli 10 yil taksichilik bilan shug‘ullanganimdan keyin ‘Vatanparvar’ tashkiloti qoshidagi Namangan shahar o‘quv-sport texnika maktabida o‘quvchilarga avtomobil haydashni o‘rgatishimni so‘rashganda, jon deb rozi bo‘lgandim.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Maktabda ishlayotganimga bir yildan oshdi. O‘quvchilarim orasida ayollar, qizlar ko‘p. To‘g‘risi, yigitlardan ko‘ra ko‘proq ulardan ko‘nglim to‘q. Chunki ayollar ehtiyotkor, mas’uliyatli, hushyor, aytganingizni qiladi. Yigitlarimiz esa sho‘xroq, tezlikni oshirishni yaxshi ko‘rishadi, ba’zan qoidalarga bo‘ysunishni istashmaydi. Shu bois, avtomobil haydashga aslida ayollarning uquvi ko‘proq deb o‘ylayman.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Yo‘lga chiqayotganlarga birinchi galda avtomobilning texnik holatini tekshirib, keyin rulga o‘tirishni maslahat beraman. Yana bir muhim qoida — hushyorlikni oshirish va tezlikni kamaytirish. Busiz hozirgi yo‘llarda mashina haydashning iloji yo‘q.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Oilada to‘rt kishimiz — men, turmush o‘rtog‘im va ikki farzandim. Qizimni turmushga uzatganmiz, uch nafar nabiramiz bor. O‘g‘limni, nasib qilsa, endi uylantiramiz. U avvalgi kasbimni egallagan, taksi haydaydi. Ba’zan ishxonadagi faoliyatimni uyda ham davom ettirish va unga yo‘llarda shoshilmay harakatlanish zarurligini uqtirib turishimga to‘g‘ri keladi”.

    Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    22.03.2022, 19:40   Izoh (0)   112545
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Al-Hilol” futbolchilari qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 11:00

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.