Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri THAY va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini birlashtiruvchi ikkita yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 19-mart kunidan boshlab ishlar yakuniga qadar yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari sabab hududdagi Compass savdo-ko‘ngilochar majmuasi yonidagi yo‘l qismi hamda halqa yo‘lining Tantana ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘l ko‘chasiga burilish qismida harakat to‘xtatiladi. Tantana ko‘chasi transport qatnovi uchun ochiq bo‘ladi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahri Ahmad Donish ko‘chasida yerusti piyodalar o‘tish ko‘prigi qurilishi boshlangani sababli 11-martdan 15-martgacha ko‘chaning bir qismida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi haqida xabar berilgandi. Shu sabab Ahmad Donish ko‘chasining Gulg‘uncha (Ashurova) ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab, qatnov qismining bir tarafi har ikki tomondan transport uchun yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan tunnelda ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab harakat vaqtincha cheklanishi xabar qilingandi. 11-fevraldan boshlab bir oy davomida ko‘chadan o‘tgan tunnelda rekonstruksiya ishlari olib borilgan.

Shuningdek, Toshkent shahri Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab Qorasuv kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi. Shu sababli O‘sh ko‘chasi “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq 2022-yilning 11-fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi
Mahalliy
“Vazirlikdagilarning 30 mln so‘m oyligi bir kun ham kechikmaydi, biz esa 3 millionga yetmagan pulimizni oylab kutamiz”. Energetikaning ayrim xodimlari “o‘gay”mi?
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times