Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turida “An-Nasr” 17-mart, payshanba kuni “Al-Feyha” bilan bahs yuritdi.

Foto: “An-Nasr” FK

Foto: “An-Nasr” FK

Ar-Riyodda kechgan bahs mezbon “An-Nasr”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahs taqdirini hal qilib bergan yagona gol 74-daqiqada poytaxt klubining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi.

Qayd etish kerak, Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 90-daqiqada almashtirildi.

Ma’lumot uchun, “An-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turidan keyin 48 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 1-pog‘onadagi “Al-Ittihod”dan (57) 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Masharipov ushbu mavsumda (chempionat doirasida) bungacha 20 ta o‘yin, o‘tkazib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Saudiya Arabistoni chempionati

25-tur bahsi

17-mart, payshanba

“An-Nasr” — “Al-Feyha” 1:0

Gol: 1:0 — 74 Masharipov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi