Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati IIB JTSB Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari “Umakay” YPX maskanida Toshkentga olib ketilayotgan noma’lum hayvon go‘shtini to‘xtatib qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tuman hududida joylashgan “Umakay” YPX maskanida Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobil veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan taxminan 900 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Avvalroq Jizzaxda sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan 184 kg go‘sht aniqlangani, Qashqadaryoda Cobalt yukxonasidan hujjatsiz 230 kg go‘sht topilgani, Farg‘onada 14,5 tonna go‘shtni ko‘mir ostiga yashirib, Tojikistonga olib o‘tishga uringan shaxslar aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi