Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorijiy mamlakatlar bilan turistik oqimni tezkor tiklash maqsadida Respublika komissiyasi qaroriga ko‘ra, 16-mart kunidan boshlab O‘zbekistonga kirishda yangi qoidalar joriy etiladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lgan xorij fuqarolari PZR-test natijasisiz O‘zbekistonga kirishi mumkin. Bunday sertifikat yo pasportga ega bo‘lmagan taqdirda respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR-test natijasi yoki chegara utish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotnomaga (elektron QR-kodga) ega bo‘lishi shart. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari orqali ikki davlat fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi.

O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari orqali tomonlar fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi hamda barcha o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-Visa) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda. Xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarga tezkor va sifatli ma’lumot almashinuvi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish maqsadida Tashqi ishlar vazirligining Call-markazini yo‘lga qo‘yishga oid topshiriq berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr