“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida 7-mart kuni ilk marotaba para-tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmud Boltaboyev, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti bosh direktori Saidvali Saidxo‘jayev so‘zga chiqdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, para-tog‘ chang‘isi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Asel Turdimurodova g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Yulduz Mahmudovaga nasib etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Firdavs Xudoyotov g‘olib deb topildi. Kumush medalni esa Kamron Abduvohidov o‘ziniki qildi.
Bundan tashqari, para-snoubord hamda aravachada kyorling bo‘yicha saralash tadbirlari o‘tkazilib, iqtidorlilar tanlab olindi.
Izoh (0)