Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollarga tazyiq o‘tkazish man etilishini qonunda aks ettirish bo‘yicha topshiriq berdi. Ushbu holat “Menimcha” ko‘rsatuvida namoyish etildi.

“Amaldagi tartibga muvofiq, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinadi. Lekin bu muddat o‘tgandan keyin ularning taqdiri nima bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga javob yo‘q”, — dedi prezident.

“Odamlar qo‘rqsin, O‘zbekiston sharoitida ayolga qo‘l ko‘tarish, tazyiq o‘tkazish man etiladi degan qarorni qilinglar. Endi sud javob beradi, oldin himoya orderi 30 kun edi, ayol bechora kechirib ketardi, endi bir yilga sudning qaramog‘ida, nazoratida bo‘ladi. Shuni qonunda aks ettirib, joy-joyiga qo‘yib beringlar”, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabariga ko‘ra, bundan buyon, ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyasi sud tomonidan kafolatli ta’minlanadi. Alohida himoyaga olish bir yilgacha muddatga belgilanadi.

Bunda:

  • mahalla raisi Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish komissiyasiga bosh bo‘ladi;
  • mahalladagi xotin-qizlarga mas’ul ayol jabrlangan ayollarga motivatsiya beradi, turmush qiyinchiliklarini yengishni o‘rgatadi, bunga psixologlarni jalb qiladi;
  • hokim yordamchilari bunday oila a’zolarining bandligini ta’minlaydi;
  • profilaktika inspektori zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini o‘zgartirish choralarini ko‘radi.
Senat, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan yangi tizim yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?