Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” Kilian Mbappeni olib qolishga yana bir bor urinib ko‘radi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Jurnalist Adrien Grenyening xabariga ko‘ra, Parij klubi futbolchiga soliqlardan tashqari yiliga 50 million yevrolik maosh bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qildi.

Agar Mbappe shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lsa, bonus sifatida 100 million yevro oladi.

Avvalroq Kilian “PSJ” tarixida eng yaxshi to‘purarga aylanish uchun klubda qolishi mumkinligi xabar qilingandi. Fransiyaning amaldagi va sobiq prezidentlari esa Kilian Mbappega “PSJ”da qolishni maslahat bergandi.

2021/22-yilgi mavsumda Mbappe Fransiya chempionatida 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol muallifiga aylangan.

23 yoshli Mbappe 2017-yilda “Monako”dan “PSJ”ga ijara asosida o‘tgan edi. 2018-yilda parijliklar 145 million yevroga futbolchini to‘liq sotib olgan. Mbappening “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Avvalroq hujumchining “Real”ga o‘tishi haqida bir nechta xabar yangragandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi