“PSJ” Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

Jurnalist Adrien Grenyening xabariga ko‘ra, parijliklar “Manchester Yunayted” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qiladi.

“PSJ” Kilian Mbappening ketish ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli 2021-yilning yozidayoq ingliz futbolchisining vakillari bilan muzokara o‘tkazgan. Mbappe jamoadan ketsa, uning o‘rnini Reshford egallashi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, 24 yoshli futbolchining o‘zi ham Parijga klubiga o‘tishga qarshi emasligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Markus Reshford “Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021/22-yilgi mavsumda APL doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!