Qalin qor yog‘ganligi tufayli 28-yanvar kuni Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 22:25 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

“Taxtaqorcha dovonini qayta ochilishi bo‘yicha FVV matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.