Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev xususiylashtirish jarayonlariga oid videoselektor yig‘ilishda davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sotish masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 2021-yili O‘zbekistonda 4 trillion 500 milliard so‘mlik 619 ta davlat aktivi sotilgan. 2022-yil uchun davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni uch karra qisqartirish vazifasi qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev xususiylashtirish jarayonlariga oid videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Davlat rahbari mutasaddilardan shaffof, adolatli xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirishni talab qildi.

“Har bir hudud va tarmoq rahbari bir narsani aniq o‘ziga belgilab olsin. Bundan buyon bo‘sh turgan obyekt ijaraga berilishi yoki sotuvga chiqarilishi shart. Topshiriqni bajarmagan hokim tadbirkorlikka to‘sqinlik qilgan bo‘ladi.

Toshkent viloyatida 14 gektar yer uchastkasi noqonuniy yo‘l bilan sotilganini butun dunyo ko‘rdi. Nega bu pullar budjetga emas kimlarningdir cho‘ntagiga tushyapti?

Tasavvur qiling davlat qanchadan qancha pullarni yo‘qotyapti. Bu pulga qancha bog‘cha, qancha maktab qurish mumkin. Nimaga hokimlar shuni o‘ylamaydi. Nimani o‘ylayapsizlar janob hokimlar”, – deydi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi