• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Gazlangan ichimliklarning organizm uchun haqiqatan ham zararli ekanining 11 sababi

    Gazlangan shirin ichimliklarni muntazam iste’mol qilish organizmga o‘zgarish kiritadi, qarish jarayonini tezlashtiradi, metabolizmni sekinlashtiradi va boshqa organlar holatiga salbiy ta’sir qiladi. Nima uchun gazli ichimliklar eng xavfli mahsulotlardan biri ekanligini quyida ma’lum qilamiz.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Gazli ichimliklar har bir do‘konda sotiladi, ular shakar va ozuqaviy qiymati nolga teng bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan to‘la ekanligi haqida ogohlantirishdan charchamaydigan mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda tanqid qilinadi. Biroq ko‘pchilik hali ham ular olib kelishi mumkin bo‘lgan haqiqiy zararni bilmaydi.

    2014-yilda Action on Sugar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 330 ml gazlangan shirin ichimliklarning 79 foizi olti yoki undan ortiq choy qoshiq shakarni o‘z ichiga oladi. Bu kattalar uchun shirinlikning maksimal sutkalik dozasi. Ba’zilar cheklovlar qo‘yish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni yengishga harakat qilmoqda. Vaqti-vaqti bilan sovuq ichimlikdan zavqlanish taqiqlangan emas, lekin bunday mahsulotlarni ortiqcha iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Spirtsiz yoki gazlangan ichimliklar ichki organlarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin, shuningdek, estetik jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi, teri, tish va qomatga ta’sir o‘tkazadi.

    Agressivlik va depressiyaning kuchayishi

    2020-yilda 11, 13 va 16 yoshli 5147 bola ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot gazli ichimlik iste’moli va agressivlik o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladi. Uning mualliflari gazli ichimliklarni tez-tez iste’mol qilish ko‘proq agressiv xatti-harakatlar, zo‘ravonlik va depressiv alomatlar bilan bog‘liq degan xulosaga kelishdi. Bu nima uchun ekanligi noma’lum, ammo javob gazli ichimliklar yuqori darajada qayta ishlanganligi va muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab mahsulotlarni, jumladan, asabiylashish bilan bog‘liq bo‘lgan aspartam va boshqa moddalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Kofein ham xulq-atvor muammolarining manbai hisoblanadi.

    Erta qarish

    Gazli ichimliklarda ishlatiladigan fosfat, shuningdek, boshqa ko‘plab qayta ishlangan oziq-ovqatlar qarish jarayonini tezlashtirishi aniqlangan. Bu nafaqat terining potensial ajinlari, balki surunkali buyrak kasalligi va yurak-qon tomir tizimi uchun ham zararli.

    Saraton kasalligi xavfining ortishi

    Gazlangan ichimliklarni iste’mol qilish va saratonning turlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganuvchi ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazildi. 2019-yilda British Medical Journal tomonidan 5-18 yoshgacha bo‘lgan 101 257 nafar ishtirokchi bilan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, shakarli ichimliklarni iste’mol qilish haqiqatan ham saraton, xususan, ko‘krak saratoni xavfi bilan bog‘liq. Kuniga 100 ml qo‘shimcha shakarli ichimliklar ichish, bu haftada taxminan ikki bankaga teng, natijada tadqiqotchilar saraton xavfini 18 foizga oshirishi mumkin degan xulosaga keldi.

    Yurak-qon tomir kasalliklari

    Amerikalik olimlar, shuningdek, shakarli ichimliklar va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganmoqda. 2019-yilda tadqiqotchilar kuniga ikki porsiyadan ortiq yuqori kaloriyali ichimlik ichgan odamlarda yurak muammolaridan o‘lish xavfi 31 foizga yuqori degan xulosaga kelishdi. Iste’mol qilingan gazli ichimlik miqdori ham muhim rol o‘ynashi aniqlandi: har kuni iste’mol qilingan shakarli ichimlikning har bir qo‘shimcha qismi yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 10 foizga oshirish bilan bog‘liq.

    Qandli diabet rivojlanish xavfi ortadi

    Shakarli ichimliklar ikkinchi toifa diabet rivojlanish ehtimolini oshiradi. 2009-yilda Amerika Diabet Assotsiatsiyasi kuniga bir yoki bir nechta gazlangan ichimliklar ichish diabet xavfini 67 foizga oshirganini ma’lum qildi. Bu raqam, albatta, gazli ichimlikdan voz kechishga arziydi. Shuningdek, shakarli gazlangan ichimliklarni har kuni iste’mol qilish metabolik sindromning nisbiy xavfining 36 foizga oshishiga olib keldi. Bu diabet, yuqori qon bosimi va semirib ketishning kombinatsiyasi bo‘lib, bu o‘z navbatida yurak-qon tomir kasalliklari, qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.

    Ortiqcha vazn

    Bu g‘alati tuyilishi mumkin, lekin ko‘pchilik tushunmaydiki, gazli ichimliklar qomatga, ayniqsa, bel atrofida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. 2015-yilda 749 nafar kattalar ishtirokida o‘tkazilgan 10 yillik tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har kuni gazli ichimlik iste’mol qiladigan odamlarda “bel atrofi o‘sishi” shakarli ichimliklarni iste’mol qilishni to‘xtatganlarga qaraganda deyarli to‘rt baravar yuqori. Tadqiqotchilar gazli ichimlik iste’molining ko‘payishi qorin bo‘shlig‘idagi semirishning kuchayishi bilan bog‘liqligini aniqladi.

    Homilador ayollarda erta tug‘ish xavfi

    Homilador ayollar gazlangan ichimliklar ichishdan ogohlantiriladi. 2010-yilda Daniyada 60 000 nafar ayol o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, gazlangan va gazsiz shirin ichimliklar ichganlarda erta tug‘ish ehtimoli ko‘proq. Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tug‘ish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38 foiz ko‘p.

    Alsgeymer kasalligi xavfining ortishi

    2020-yilda amerikalik olimlar gazli ichimliklarni ko‘proq iste’mol qilish demensiya, Alsgeymer kasalligi va insultning barcha shakllari xavfi ortishi bilan bog‘liqligini aniqladi. 20 yildan ortiq davom etgan Framingham Heart Study tadqiqot markazi haftasiga birdan yetti porsiyagacha gazli ichimlik qabul qilgan odamning iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimoli deyarli ikki baravar yuqori ekanligini aniqladi.

    Tishlarning shikastlanishi 

    Gazli ichimliklar tishlarga zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun gazlangan suvga bo‘lgan ishtiyoqni cheklash chiroyli tabassumni saqlab qolishning kaliti deb hisoblanishi mumkin. Tish shifokori va og‘iz bo‘shlig‘i bo‘yicha mutaxassis doktor Rona Eskanderning so‘zlariga ko‘ra, shakarsiz choy yoki suvni afzal ko‘rgan ma’qul. “Gazlangan ichimliklar tarkibida shakar bo‘ladimi yoki yo‘qmi, kislota bo‘ladi, – deydi ekspert. – Ular tishlarga zarar yetkazishi va kariyes, tish eroziyasi kuchayishiga olib kelishi mumkin”. Uning qo‘shimcha qilishicha, gazli ichimliklar ichilgandan keyin darhol tishlarni yuvmaslik kerak. Chunki kislota tishlar tuzilishini yumshatib, ularni tushib ketishiga moyil qilib qo‘yadi.

    Jigarning shikastlanish xavfi ortadi

    Tadqiqotchilar kuniga atigi ikki shisha shakarli ichimliklar jigar kasalligining rivojlanishiga hissa qo‘shishini isbotladi. Sog‘lom jigar yog‘dan mahrum bo‘lishi kerak, ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Buyuk Britaniyada har uchinchi bemorda oz miqdorda bo‘lsa ham u mavjud va ko‘plab mamlakatlarda shunga o‘xshash holatlar kuzatilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Sut mahsulotlarini iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
    • Kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlashning foydali tomonlari
    • Ozishga yordam beradigan tonggi smuzi: Ortiqcha vazndan qutilishni istaydiganlar uchun oddiy usul

    20.01.2022, 14:39   Izoh (0)   99308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Agar kuniga ikki litr yoki undan ortiq suv ichilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    19.01.2022, 17:36

    Qahva, uzum sharbati va kasallikka qarshi kurashda yordam beradigan boshqa mahsulotlar

    19.01.2022, 15:36

    Qishda tishlar salomatligi uchun qanday vitaminlar kerak?

    19.01.2022, 10:26

    18:00 dan keyin ovqatlanmaslik, ko‘p suv ichish, sport: ozish bo‘yicha eng keng tarqalgan fikrlar chindan ham asoslimi?

    18.01.2022, 18:35

    Qanday mahsulotlar miya salomatligi uchun zararli?

    18.01.2022, 16:44

    Qarishning tezlashishi, ko‘krak saratoni va qizil go‘shtni kamroq iste’mol qilish uchun boshqa sabablar

    18.01.2022, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40

    “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 90 mln yevro taklif qildi

    Sport | 12 iyul, 17:35

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.