Futbol bo‘yicha Angiya Premyer Ligasining 24-turidan o‘rin olgan “Brayton” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 18-yanvar, seshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 28-daqiqasida Hakim Ziyosh hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Adam Uebster muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Tomas Tuxel shogirdlari ushbu durang natijadan so‘ng ochkolari sonini 44 taga yetkazdi va uchinchi o‘rinda bormoqda. “Brayton” esa 29 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan.

APL

24-tur bahsi

18-yanvar, seshanba

“Brayton” — “Chelsi” 1:1

Gol: 0:1 – 28 Ziyosh, 1:1 – 60 Uebster.

“Brayton”: Sanches, Lempti (March, 76), Veltman, Uebster, Bern, Kukurelya, Gross (Mope, 62), Mak Allister, Moder, Alsate, Uelbek (Trossard, 62).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Alonso, Jorjinyo (Kovachich, 80), Kante, Ziyosh (Verner, 81), Maunt, Lukaku (Haverts, 80), Hadson-Odoi.

Ogohlantirishlar: Alonso (59), Bern (80), Ryudiger (81).