Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari Ilhom Aliyevni 60 yillik yubileyi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Ozarbayjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Davlat rahbarlari ustuvor tarmoq va yo‘nalishlarda, shu jumladan, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlik bo‘yicha loyihalarni jadal ilgari surish muhim ekanini qayd etgan.

Mintaqaviy siyosat hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi marta Ozarbayjon prezidenti bilan 5-noyabr kuni telefon orqali muloqot qilib, Ozarbayjon prezidenti va xalqini G‘alaba kuni bilan tabriklagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi