Uzbekistan Airways’ning 24-dekabr kuni Toshkentdan uchadigan samolyoti quyuq tuman tufayli Andijonga qo‘nmaydigan bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina 24-dekabr kuni HY091/Toshkent—Andijon aviaqatnovi Toshkent—Farg‘ona muqobil yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. HY092/Andijon—Toshkent qatnovi esa Farg‘ona shahridan amalga oshiriladi.
Shuningdek, qatnov vaqtiga ham o‘zgartirish kiritilgan. HY-091 qatnovining jo‘nab ketish vaqti soat 14:00 ga, HY-092 qatnovining jo‘nab ketish vaqti esa soat 16:00 ga o‘zgartirilgan.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Andijon va Farg‘ona aeroportlari o‘rtasida transfer harakat tashkil etiladi.
Izoh (0)