Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2021-yil 27-dekabrdan 2022-yil 9-yanvargacha Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 770-sonli “Afrosiyob” faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan edi. Endi poyezd 27-dekabrdan 9-yanvargacha har kuni soat 09:02 da Toshkent—Buxoro yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” poyezdi ham 27-dekabrdan 9-yanvargacha har kuni soat 15:02 da Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Poyezdlar Samarqand, Navoiy temiryo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tadi.

Bundan tashqari, bayram kunlari barcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi