Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarusda 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga uringan Viktor Babarikoning o‘g‘li Eduard Babariko yangi jinoiy ish bo‘yicha gumonlanuvchiga aylandi, deb yozadi Meduza.

Foto: “VKontakte”

Foto: “VKontakte”

Avval soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, 18 oyni tergov izolyatorida o‘tkazgan kichik Babariko dekabr oyida ozodlikka chiqishi kerak edi. Biroq uni qo‘yib yuborishmadi, aksincha unga nisbatan boshqa jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi Viktor Babarikoning Telegram kanalida.

Yangi jinoiy ishda Eduard Babariko irqiy, milliy, diniy yoki boshqa ijtimoiy adovat, nifoq qo‘zg‘atishda, ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda gumon qilinmoqda. Ayblovlar umumlashtirilganda u 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Hozircha kichik Babarikoga nisbatan ayblovlar ilgari surilmagan.

Eduard Babariko 2020-yil iyun oyida hibsga olingan edi. O‘sha paytda uning otasi — prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi hisoblangan Viktor Babariko iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan.

2021-yilning iyul oyida Viktor Babariko 14 yilga koloniyaga hukm qilingan.

14-dekabr kuni Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i Sergey Tixanovskiy 18 yilga koloniyaga hukm qilingani haqida xabar berilgandi. U 2020-yilda Belarusdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchiligini e’lon qilgan. Ammo uning nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishiga ruxsat berilmagan. Uning o‘rniga rafiqasi Svetlana Tixanovskaya prezidentlikka nomzodini qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)