Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtatlar soni saqlangan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta tashkil qilindi. Bu boradagi tegishli qaror O‘zbekiston prezidenti tomonidan 9-dekabr kuni imzolangan, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritilgan.

Ilgarigidek jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
  • xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san’at sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • madaniyatlararo ijodiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va o‘zbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan bog‘liq jihatlarni namoyish etish;
  • madaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va san’at muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta’minlash va boshqalar.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari:
  • Vazirlar Mahkamasining hujjatlari (shu jumladan, bayonnoma qarorlariga) asosan ajratiladigan respublika budjeti mablag‘lari;
  • jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini moliya tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning hamda xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari, metsenatlik ko‘magi, grantlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9-dekabrdan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jamg‘arma 2017-yilning oktabrida prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan tashkil etilgandi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, hozirda uning mamlakat madaniy merosini asrab-avaylash bo‘yicha bir qancha loyihalari bor, jumladan, knyaz Nikolay Romanovning sobiq qarorgohini rekonstruksiya qilish, zamonaviy san’at markazi, sobiq “Inturist” madaniyat va axborot markazi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi va Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasi, poytaxtdagi modernizm obyektlarini regeneratsiya qilish, shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yangi binosini qurish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi