Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda  jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida “Daryo” bosh muharriri Muhrimxon A’zamxo‘jayev ham bor.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Mazkur ko‘krak nishoni 6-dekabr kuni Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlab Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Ruslanbek Davletov tomonidan tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.

Mazkur ko‘krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni asosida ta’sis etilgan. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari (1 080 000 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti ham beriladi.

Tadbirda, shuningdek, “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni o‘z sohiblariga topshirildi. Ushbu nufuzli mukofot bilan aholi orasida huquqiy madaniyani keng targ‘ib qilishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan turli kasb egalari va jamoatchilik faollari taqdirlandi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan birinchi marotaba Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan umummilliy Konstitutsiya imtihoni g‘oliblari ham mukofotlandi.

Imtihonda jami 50 ming nafardan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ishtirokchilarning ijodiy savollarga javoblari baholanib 10 nafari final bosqichiga yo‘l olgan edi. Final bosqichi natijalariga ko‘ra 3 nafar fuqaro g‘olib deb topildi.

G‘oliblar quyidagicha mukofot berilgan:
  • birinchi o‘rin — 15 million so‘m;
  • ikkinchi o‘rin — 10 million so‘m;
  • uchinchi o‘rin — 5 million so‘m.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, bir guruh adliya xodimlari samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda qo‘shayotgan hissasi uchun adliya vaziri buyrug‘i bilan ta’sis etilgan “Adliya a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...