Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikum talabasi yotoqxonaning beshinchi qavatidan tushib ketib, vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qildi.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manbaning ma’lumot berishicha, marhuma qiz viloyatning Chiroqchi tumanidan bo‘lib, opasi bilan yotoqxonaning bir xonasida yashagan. U 21–22 yosh atrofida bo‘lib, texnikumning 2-bosqichida, hamshiralik yo‘nalishida tahsil olib kelgan.

Bosh prokuratura qizning vafot etganini tasdiqladi. Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o‘lim sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda, deyiladi xabarda.