Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 28-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Roma” o‘z uyida “Torino”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Temmi Abraham rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov maydonga tushmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin Joze Mourinyo jamoasining ochkolari 25 taga yetdi va rimliklar 5-o‘rinda bormoqda.

“Milan” kutilmaganda “Sassuolo”ga yutqazib qo‘ydi. Alessio Romanyolining goliga mehmonlar Janluka Skamakka va Domeniko Berardining kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi. Shuningdek, Simon Kyer o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

“Milan” 32 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, “Sassuolo” (18) bu g‘alabadan keyin 12-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

A Seriya

14-tur bahslari

“Roma” — “Torino” 1:0

Gol: 1:0 – 32 Abraham.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Mxitaryan, Pellegrini (Karles Peres, 15) (Kumbula, 90+3), Diavara, Zaniolo, Abraham, ash-Shaaravi (Vinya, 88).

“Torino”: Milinkovich-Savich, Singo, Jiji (Zima, 46), Buonjorno (Bazelli, 77), Bremer, Voyvoda (Zaza, 77), Prat (Pyatsa, 77), Brekalo, Lukich, Pobega, Belotti (Sanabriya, 79).

Ogohlantirishlar: Zima (54), Rojer (90), Kumbula (90+4).

“Milan” — “Sassuolo” 1:3

Gollar: 1:0 – 21 Romanyoli, 1:1 – 24 Skamakka, 1:2 – 33, avtogol Kyer, 1:3 – 66 Berardi.

“Milan”: Menyan, Florensi (Pellegri, 68), Kyer, Romanyoli, Ernandes, Bakayoko (Kessie, 46), Bennaser (Tonali, 61), Salemakers (Kalulu, 80), Ibrahimovich, Rafael Leau, Brahim Dias (Junior Messias, 46).

“Sassuolo”: Konsilyi, Myuldyur, Ayxan, Ferrari, Kiryakopulos, Lopes, Frattezi (Harrui, 80), Mateus Enrike (Tolyan, 80), Berardi (Traore, 80), Skamakka (Defrel, 59), Raspadori.

Ogohlantirishlar: Lopes (27), Raspadori (38), Bennaser (53), Ernandes (54), Tonali (71), Kyer (73).

Chetlatish: Romanyoli (77).

“Udineze” — “Jenoa” 0:0

“Spetsiya” — “Bolonya” 0:1

Gol: 0:1 – 83, penalti Arnautovich.