Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Majburiy ijro byurosi 3 ming 264 nafar qarzdorni qidirib topish chorasini ko‘rmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda byuro axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunga binoan MIBning davlat ijrochilari tomonidan qarzdor va uning mol-mulki turgan joyi haqida ma’lumotlar bo‘lmaganda ularni qidirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Xususan, byuro organlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv faoliyat natijasida 2021-yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli 7 ming 800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, shundan 4 ming 500 nafardan (58 foizi) ortig‘i topilgan va majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda 3 ming 264 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu shaxslarning 2 ming 149 tasi respublika hududida yashirinib yurgani, 1 ming 115 tasi esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketgani aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30 milliad 700 million so‘m (22 milliard 800 million so‘m aliment puli) undirilib, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minot olishi ta’minlangan.

Shuningdek, 80 dan ortiq ijro ishlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan farzandlarning onasi qaramog‘iga olib berilishi bo‘yicha 57 ta ijro ishi amalda tugatilgan. Qolgan ishlari bo‘yicha qidiruv harakatlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, qidiruv e’lon qilingan 4222 ta avtotransport vositasining 3 ming 73 tasi, ya’ni 73 foizi tezkor tadbirlar natijasida topilgan va qolgan 1149 ta avtotransport vositasini topish bo‘yicha qidiruv tadbirlari davom etmoqda. Qidirib topilgan mashinalarning undiruvga qaratilishi natijasida 40 milliard 500 million so‘mlik qarzdorlik undirilishi ta’minlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi