• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chuvalchanglar qiroli. Milliarder bo‘lishni ko‘zlayotgan namanganlik sobiq migrant hikoyasi

    Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida yashovchi Alijon Ro‘ziboyev bugungi kunda dang‘illama hovli, ko‘rkam ofis va Captiva mashinasiga ega. Ularni ko‘rib, qahramonimiz bundan atigi uch yil avval xorijda oddiy ishchi bo‘lib yurganiga ishonish qiyin. Bunga qanday erishganini uning o‘zidan bilib olamiz.

    Alijon Ro‘ziboyev

    Alijon Ro‘ziboyev
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Oliy ma’lumotli muhojir

    Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlaganman, ma’lumotim bo‘yicha muhandisman. Paxta zavodi, melioratsiya tizimida ishladim, lekin birim ikki bo‘lmadi. Oxiri Rossiyaga ketdim, 10 yildan oshiq o‘sha yerlarda yurdim. Texnikani, temirni yaxshi tushunganim uchun ko‘proq payvand ishlari bilan shug‘ullanardim. Keyin Turkiyaga ketdim. Hayotimni butkul o‘zgartirib yuborgan voqea ham o‘sha yerda yuz berdi.

    Issiqxonada ishlayotgandik. Turklar pomidor va bodring ko‘chatlarini qandaydir mayin o‘g‘it bilan parvarishlayotganini ko‘rib qoldim. Nima ekanligini so‘radim. Biogumus ekanligini aytishdi. Shundan keyin internetni titkilab, O‘zbekistonda kimlar bu ish bilan shug‘ullanishiga qiziqdim. Eng kattasi andijonlik Rustam Usmonov, xalq tili bilan aytganda, “Rustambank” ekan. Vatanga qaytgach, to‘g‘ri u kishining oldiga o‘tdim. Maslahatlari, yo‘l-yo‘riqlarini oldim. Yaxshi biznesga o‘xshadi. Tavakkal yetti million so‘mga yetti yashik Kaliforniya chuvalchangini xarid qilib, uyga qaytdim.

    Biogumus yetishtirilayotgan tomorqa

    Biogumus yetishtirilayotgan tomorqa
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    To‘polonning kattasi uyda bo‘ldi. Xotin “Yetti millionga ham chuvalchang oladimi, esingizni yeb qo‘yibsiz” deb toza xunob qildi. Chuvalchanglarni ko‘paytirish uchun mashinada go‘ng olib kelib, uydagi tomorqaga to‘kayotganimni ko‘rgan oshna-og‘aynilar ham “qilgani boshqa ish yo‘qmi, yig‘ishtir” deb hazil-huzul qilishdi. O‘shanda qayerdan bunday ishonch bo‘lganini bilmayman. “Hozir senlar kulaver, ikki yildan so‘ng Captiva olib minaman” degandim va aytgan gapimning uddasidan chiqdim.

    Biogumus ortidan sotib olingan Captiva

    Biogumus ortidan sotib olingan Captiva
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tarqoq va dangasa o‘zbek hamda uyaparvar va serpusht Kaliforniya chuvalchanglari

    Andijondan olib kelgan chuvalchanglarni 10 kvadrat metr maydonga tashladim, 2,5 oyda ko‘paydi. Keyin 50, undan so‘ng 100 kvadrat. Hozir 1,500 kvadrat metr maydonda chuvalchang yetishtirib, biogumus olaman. O‘zi biogumus nima, uning qanday foydasi bor deysizmi?

    Xudoyim ekinlar uchun tuproqni, uni yashartirish va hosildorligini oshirish uchun chuvalchanglarni yaratgan. Chuvalchanglarning ichagida gumin kislotasi bor. Undan o‘tgan go‘ng shu kislota bilan to‘yinib, o‘simliklar uchun ona sutidek ta’sir qiladigan eng zo‘r o‘g‘itga aylanadi. U oddiy o‘g‘itga qaraganda kamida 10 baravar kuchli va tabiiy bo‘ladi.

    Kaliforniya chuvalchanglari

    Kaliforniya chuvalchanglari
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Bahorda uyimdan 20–30 tonna biogumus olib ketganlar bo‘ldi. Chunki undan oldingi yili xarid qilgan dehqonlarda hosildorlik yaxshi bo‘lgan, mevalar, qovun-tarvuzlarning yetilishi ham kamida 15 kunga ilgarilagan. O‘g‘itdan solingan ko‘chatlarning immuniteti baquvvat bo‘ladi, kasallikka chalinmaydi.

    Barcha ekinlar, xususan, gullar, sitrus mevalar, pomidor-bodring va poliz ekinlari uchun nafi katta. Andijonda tajriba tariqasida bug‘doy dalalariga ham sepishibdi, natijasini kutyapmiz.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Hozir kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalar o‘zini tiklab olishi uchun ko‘mak berish haqida ko‘p gapirilyapti. Masalan, biz olib borayotgan biznes katta xarajatni talab qilmaydi. Bir marta sarmoya tikasiz. Bo‘ldi, shu bir umr sizni hatto farzand va nabiralaringizni ham boqadi.

    Keragi — yer, suv, go‘ng va chuvalchanglar. Go‘ng qishloq sharoitida muammo emas. Zovur yoki zakan suvi yetadi. Bino yoki katta dastgoh, qimmat uskunalar shart emas. Uy sharoitida boshlasa ham bo‘ladi. Hozir mahallamizda 50 kishi shu ish bilan shug‘ullanyapti. Ularning orasida bir paytlar miyig‘ida kulganlar ham bor.

    Alijon Ro‘ziboyev o‘zining ofisida

    Alijon Ro‘ziboyev o‘zining ofisida
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ko‘pchilik “Nega o‘zimizning chuvalchanglardan biogumus olib bo‘lmaydi?”, deb so‘raydi. Gap shundaki, Kaliforniya chuvalchangida uyasini tashlab ketish instinkti yo‘q, serpusht, tez tuxumlaydi va ko‘payadi. Tasavvur qilishingiz uchun aytaman: bir yilda bitta Kaliforniya chuvalchangi 1,5 mingtagacha ko‘payadi. Issiq-sovuq demaydi, qishin-yozin ishlaydi.

    Bizning mahalliy chuvalchanglar esa, birinchidan, dangasa. Ikkinchidan, tarqoq. Bir joyga to‘plab qo‘ysangiz, hech qancha o‘tmay tarqalib, qochib ketadi...

    Gul do‘koni, chorva va qishda pishadigan qulupnay

    Tomorqaga sig‘may qolgach, hokimlikdan yer so‘radim. “Bo‘sh ekin maydoni yo‘q, lekin eplolsangiz cho‘l hududida tashlandiq joylarimiz bor”, deyishdi. Bordim, ko‘rdim. Kengligi yoqdi, katta avtomobillar ham bemalol boraveradi.

    Biogumus tayyorlash jarayoni

    Biogumus tayyorlash jarayoni
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    1,3 kilometr masofaga elektr tarmog‘i tortdim, 60 metr chuqurlikdan suv chiqarib, uchta quduq kavladim. Biogumusni mayin ko‘rinishga keltirish uchun biz “separator” deb nomlaydigan qurilmani o‘rnatdik. Mayin o‘g‘it qimmatbaho gullarni yetishtiradigan gulchilar uchun kerak, ularning talabini inobatga oldik.

    O‘g‘itni mayinlashtirib beradigan uskuna

    O‘g‘itni mayinlashtirib beradigan uskuna
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mingbuloq tumani markazida o‘zimiz ham gul do‘koni ochdik. Biogumusni o‘zini sotsangiz, ko‘pchilikni jalb qilmasligi mumkin. Shuning uchun bir tomonga gullar, ikkinchi tomonga esa qadoqlangan o‘g‘itlarni joylashtirdik.

    Alijon Ro‘ziboyev ochgan gul do‘koni

    Alijon Ro‘ziboyev ochgan gul do‘koni
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Dalada qoplab, do‘konda esa kilolab sotyapmiz. Bir paytlar meni rosa koyigan ayolim endi kelin bilan birga shu yerda gul va o‘g‘it sotib o‘tiribdi.

    Baliq ovlovchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan chuvalchang xaltachalari

    Baliq ovlovchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan chuvalchang xaltachalari
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Faqat biogumus emas, balki baliq ovi ishqibozlariga chuvalchanglar ham sotamiz. Xaltachaga 60–70 ta chuvalchangni bir siqim go‘ng bilan solamiz va do‘konlarga tarqatamiz. Baliq xo‘ragi uchun olishadi. Xaltachasi 5 ming so‘m, bir kunda 100 ta sotsak, yarim million bundan ham daromad.

    Go‘ng o‘zimizdan chiqsin deb chorvani ko‘paytirdik. Hozir 15 tacha molimiz bor.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    O‘g‘lim biogumus sotish uchun Qirg‘iziston bilan chegaradosh chekka qishloqqa borganida qulupnayning sovuqqa chidamli “Qora shahzoda” degan naviga qiziqib qolgan ekan. Shundan olib kelib, tuvaklarda ko‘paytirdi. Noyabr oxiriga kelib ular ular ham asta-sekin yetilyapti. Yaxshilab o‘rganib olib, keyin issiqxonaga olib o‘tamiz.

    Tuvakda yetishtirilayotgan qulupnay

    Tuvakda yetishtirilayotgan qulupnay
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Yana bir o‘g‘lim faoliyatimizni ijtimoiy tarmoqda targ‘ib qilish bilan band. Hozir YouTube’dagi kanalimizga chuvalchanglarni parvarishlash va biogumus olish bilan bog‘liq ellikdan ortiq video joylaganmiz. Xullas, tinmayapmiz.

    “O‘zbekistonga arab shayxlarining pullarini olib kelamiz”

    Mehnatning rohatini ko‘radigan paytlar kelyapti. Chuvalchanglarning ortidan uyni yangiladik, mashina oldik, to‘y qildik. Hozir tayyorlayotganimiz — 100 tonna biogumus. Bu yiliga kamida 150 million so‘m degani. Yana chuvalchanglarni sotish orqali 50 million so‘m ishlab topish mumkin. Hisoblab ko‘rsam, 2,5 yilda 500 million so‘mga yaqin daromad olibman. Endi faoliyatimni yanada kengaytirib, shu summani ikki barobar ko‘paytirmoqchiman.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Raqobatdan qo‘rqmayman — bu ishga qo‘l urganlarning ko‘pchiligi shogirdlar yoki hamkorlar. Xaridor esa doimo topiladi, chunki dunyoda, xususan, Yevropa va Amerikada tabiiy usulda yetishtirilgan organik mahsulotlarga talab juda yuqori.

    O‘zbekistonning barcha viloyatlariga o‘g‘it yetkazib beryapmiz. Endi eksportni ham yo‘lga qo‘yish niyatimiz bor. Chunki bizda bir kilogramm biogumus 1,5–2 ming so‘m bo‘lsa, xorijda 1–2 dollar. Arab davlatlari, xususan, Dubay tomonlarda biogumusga katta ehtiyoj bor. Ular shaharlarga yopirilayotgan qum bo‘ronlarini bartaraf etish uchun yashil hudud barpo etmoqchi. Buning uchun esa ko‘chatlar hamda tabiiy va arzon o‘g‘it kerak.

    Alijon Ro‘ziboyev oila davrasida

    Alijon Ro‘ziboyev oila davrasida
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Buyurtmalar bo‘ldi ham. Ularni talabini qondirish uchun firma, omborxonalar va qadoqlash uskunalari kerak. Firma ochdik, qadoqlashni yo‘lga qo‘ydik, endi omborxonaga harakat. Xullas, O‘zbekistonga arab shayxlarining pullarini olib kelamiz nasib...

    21.11.2021, 12:50   Izoh (0)   124888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.