Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatida qo‘shnisining xotinini 17 marta pichoqlandi, deya xabar qilmoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi erkak spirtli ichimlik ta’sirida qo‘shnisining uyiga yarim tunda bostirib kirgan va uni payqab qolgan ayolni 17 marta pichoqlagan. Hodisa ayolning farzandlari oldida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan kun 42 yoshli erkak atayin qo‘shnisining uyidagi chiroqni uzib qo‘ygan. Shundan so‘ng ayol uyida chiroq o‘chgani bois farzandlari bilan hovliga chiqqan. 42 yoshli erkak esa paytdan foydalanib, yuziga niqob taqqan holda ayolga hujum qilib, 17 marta pichoqlagan. Kasalxonaga hushsiz holatda olib borilgan ayol bostirib kirgan erkak qo‘shnisi ekanini taxmin qilgan.

Qayd etilishicha, 42 yoshli erkakka mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish), 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil 16 yil 6 oy muddatga ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times
Madaniyat
Musiqiy chartlarni “portlatgan” albom, 4-farzandini kutayotgan oila va 3-marta turmushga chiqqan Britni Spirs: 2022-yilda Gollivud yulduzlari hayotida sodir bo‘lga...
Dunyo
Global elektron tijorat bozori 2022-yilda 5,8 trln dollarga yetishi kutilmoqda