Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi dalalardan birida bo‘yin qismi o‘tkir tig‘ bilan kesilgan jasad topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo” so‘roviga asosan bu xabarni tasdiqadi. 11-noyabr kuni soat 16:30 da Mirzaobod tumani IIB xabariga asosan, Mirzaobod tumani, “Bek klaster”ga tegishli dala maydoni hududida 53 yoshli G‘.A.ning murdasi bo‘yin sohasi kesilgan holatdagi tan jarohati bilan topilgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida dastasi jigarrang oshxona pichog‘i, “Rapira” nomli lezviya va boshqa zarur buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

G‘.A.ning vafot etgani yuzasidan tayinlangan sudga oid komission ekspertizasining dastlabki xulosasida uning o‘limiga bo‘yin sohasi qon tomirlari traxeya va qizilo‘ngachni kesilishi va tashqi qon ketishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Tarqalgan xabarlarda jasadning katta ehtimol bilan harbiy ekani aytilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbarining “Daryo”ga aniqlik kiritishicha, marhum Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzaobod tumani bo‘limida ishchi bo‘lib ishlagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirlarida Sirdaryodagi daladan butunlay yonib ketgan erkak jasadi topilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida marhum deb taxmin qilingan shaxs aslida tirik bo‘lib, Ohangaron shahrida yashirinib yurgani aniqlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi